550 marta ko'rildi
Nashr etilgan 08/08/2018 - 15:52

Asosiy funksiyalari

FUNKSIYALARI

Bosh boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) makroiktisodiy ko‘rsatkichlarni tizimli tahlil qilish va rejalashtirish sohasida:

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilib boradi;

nomutanosibliklar, zaxiralar va ishlab chiqarishga jalb qilinmagan mineral xom ashyo resurslari, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlaydi;

mamlakatni rivojlantirish maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hududlar iqtisodiyoti va sanoatini isloh qilish, barqaror va muvozanatli rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

hududlarni kompleks rivojlantirish, shuningdek, hududlar iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqadi;

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan dasturlarni va prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi bo‘yicha tahliliy ma'lumotlar tayyorlaydi;

asosiy turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarini o‘rganish, shuningdek, ularni muvofiqlashtirish va ta'sirchan  choralar belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

b) kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:

tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring olib boradi;

aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, ularning daromadlari o‘sishini va harid qobiliyatini oshirishni ta'minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

aholining alohida qatlamlarini manzilli himoya qilish va qo‘llab- quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har bir mahalla kesimida o‘rgangan holda, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish borasida olib ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha ma'lumotlar tayyorlaydi;

faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tiklash va ishlab turgan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

tumanlar iqtisodiyoti o‘sishiga turtki beradigan soha va yo‘nalishlarni belgilash va tadbirkorlikni shu sohalarda rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

 v) ijtimoiy soha va inson kapitalini rivojlantirish sohasida:

hududlar demografik jarayonlari, aholining bandlik darajasi va tuzilmasi, ta'lim, sog‘liqni saqlash sohalari, madaniyat va sportni rivojlantirishni tizimli tahlil qilib boradi;

aholiga sog‘liqni saqlash, ta'lim va ijtimoiy madaniy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish, aholi bandligini ta'minlash, demografik omillar va hududning istiqbolli iqtisodiy rivojlanishi asosida aholini ish bilan band qilishning progressiv shakllarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish, aholi bandligini oshirishni ta'minlash, xizmat va turizm sohasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish natijalari bo‘yicha tahliliy ma'lumotlar tayyorlaydi;

 g) sanoatni, jumladan eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish sohasida:

hududlar sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, xom ashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, eksportbop mahsulotlar hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;

hududiy rivojlanish dasturlarini shakllantirish va ularni amalga oshirish, yangi quvvatlarni tashkil qilish va mavjudlarini modernizatsiya qilish ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;

eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarini investitsiya va sanoatni rivojlantirish dasturlariga kiritish, xususan ularni ilg‘or resurs tejamkor va energiya samarador texnologiyalar asosida modernizatsiya, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

hududlarda sanoat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti va Hukumatining qarorlari, shu jumladan hududiy rivojlanish, yangi quvvatlarni tashkil qilish va mavjudlarini modernizatsiya qilish dasturlari bajarilishini doimiy tahlil qiladi va monitoringini amalga oshiradi;

sanoatda foydalanishga qayta tiklanadigan, shu jumladan muqobil va past sifatli yoqilg‘ilarni ishlatadigan energiya manbalarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

hudud sanoatining rivojlanish holati, shu jumladan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, kooperatsiya jarayonlarini kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tahliliy ma'lumotlar tayyorlaydi;

 d) sanoat zonalarini rivojlantirish sohasida:

sanoat zonalari hududida joylashtirish uchun ma'muriy kengash qarorlariga asosan taqdim etilgan investitsiya loyihalarini tanlash bo‘yicha tanlov amalga oshirish ustidan doimiy monitoring o‘rnatadi;

sanoat zonalari hududida loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, shu jumladan ishlab chiqarishni tashkil qilish ustidan monitoring o‘rnatish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

sanoat zonalari jozibadorligini oshirish va ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

  1. ye) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va infratuzilmani rivojlantirish sohasida:

hududlarni qurilish, yo‘l-transport, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish holatini tizimli va kompleks tahlil qiladi;

hududlarda yo‘l-transport, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hududiy investitsiya dasturlari, investitsiya loyihalari, O‘zbekiston Respublikasi Xukumatining qarorlarini shakillantiradi va uning bajarilishi ustidan doimiy monitoring amalga oshiradi;

ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni, jumladan kommunal sohani (suv ta'minoti, kanalizatsiya, issiqlik manbai, sanitar tozalash) rivojlantirish bo‘yicha tegishli dasturlarga kiritish uchun takliflar ishlab chiqadi;

qurilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha dasturlar amalga oshirilishi natijalari haqida tahliliy ma'lumotlar tayyorlaydi;

hududlarda iqtisodiy organlar faoliyatiga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini ta'minlash choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

shahar bosh rejalarini, shuningdek, fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini bajaradi;

 j) idoralarning barcha hududiy bo‘linmalari, ho‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

makroiqtisodiy siyosat, iqtisodiy va ijtimoiy rejalashtirish, xudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish amalga oshirish sohasida idoralarning barcha hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

hududlarda kambag‘allikni qisqartirish borasida ishlab chiqiladigan dasturlar, amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni muvofiqlashtiradi;

hududlarda sanoat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari, investitsiya dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumatining qarorlari, investitsiya loyihalari bajarilishini doimiy tahlil qiladi va monitoringini amalga oshiradi;

idoralarning barcha hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining davlat dasturlari, investitsiya dasturlari, sanoatni rivojlantirish dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumatining tegishli qarorlari, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda o‘zaro samarali faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

 

Bosh boshqarmaning tuman bo‘limlari o‘zlariga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tizimli tahlil qilish va prognozlash sohasida:

tumanlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qiladi;

mavjud nomutanosibliklar, zaxiralar va ishlab chiqarishga jalb qilinmagan xom ashyo resurslari, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlaydi;

hududlarni rivojlantirish maqsadlariga va ustuvor yo‘nalishlariga asoslanib iqtisodiyotni isloh qilish, barqaror va muvozanatli rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

tumanlarni kompleks rivojlantirish, shuningdek, tumanlar iqtisodiyotining tarkibiy islohotlarini chuqurlashtirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi;

tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, tasdiqlangan kompleks rivojlantirish dasturlarini va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy  ko‘rsatkichlari prognozlarining bajarilishi bo‘yicha tahliliy ma'lumotlar tayyorlaydi;

b) kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:

tegishli korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring olib boradi;

aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, ularning daromadlari o‘sishini va xarid qilish qobiliyatini oshirishni ta'minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

aholining alohida qatlamlarini manzilli himoya qilish va qo‘llab- quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har bir mahalla kesimida o‘rgangan holda, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish borasida olib ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha ma'lumotlar tayyorlaydi;

faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tiklash va ishlab turgan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

tuman iqtisodiyoti o‘sishiga turtki beradigan soha va yo‘nalishlarni belgilash va tadbirkorlikni shu sohalarda rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

v) ijtimoiy soha va inson kapitalini rivojlantirish sohasida:

demografik jarayonlar, aholining bandlik darajasi va tuzilmasi, ta'lim, sog‘liqni saqlash sohalari, madaniyat va sportni rivojlantirishni tizimli tahlil qilib boradi;

aholiga sog‘liqni saqlash, ta'lim va ijtimoiy madaniy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish, aholi bandligini ta'minlash, demografik omillar va hududning istiqbolli iqtisodiy rivojlanishi asosida aholi bandligini ta'minlashning progressiv shakllarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, xizmat va turizm sohasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish natijalari bo‘yicha tahliliy ma'lumotlar tayyorlaydi;

g) sanoatni, jumladan eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish sohasida:

tuman sanoat salohiyatini rivojlantirish, xom ashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, eksportbop mahsulotlar hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;

hududiy rivojlanish dasturlarining sanoat salohiyati qismini shakllantirish va ularni amalga oshirish, yangi quvvatlarni tashkil qilish va mavjudlarini modernizatsiya qilish ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;

eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarini investitsiya va sanoatni rivojlantirish dasturlariga kiritish, xususan ularni ilg‘or resurs tejamkor va energiya samarador texnologiyalar asosida modernizatsiya, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

tumanlarda sanoat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, shu jumladan hududiy rivojlanish, yangi quvvatlarni tashkil qilish va mavjudlarini modernizatsiya qilish dasturlari bajarilishini doimiy tahlil qiladi va monitoringini amalga oshiradi;

sanoatda foydalanishga qayta tiklanadigan, shu jumladan muqobil va past sifatli yoqilg‘ilarni ishlatadigan energiya manbalarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

hudud sanoatining rivojlanish holati, shu jumladan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, kooperatsiya jarayonlarini kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tahliliy ma'lumotlar tayyorlaydi;

d) sanoat zonalarini rivojlantirish sohasida:

sanoat zonalari hududida loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, shu jumladan ishlab chiqarishni tashkil qilish ustidan monitoring o‘rnatish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

sanoat zonalari jozibadorligini oshirish va ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

ye) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va infratuzilmani rivojlantirish sohasida:

tumanda yo‘l-transport, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hududiy investitsiya dasturlari, investitsiya loyihalari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini shakllantirish va bajarilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;

ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni, jumladan kommunal sohani (suv ta'minoti, kanalizatsiya, issiqlik manbai, sanitar tozalash) rivojlantirish bo‘yicha tegishli dasturlarga kiritish uchun takliflar ishlab chiqadi;

hududlarda iqtisodiy organlar faoliyatiga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini ta'minlash choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.

Bosh boshqarmaning tuman bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar va shtatlar jadvallari shahar hokimligi va Bosh boshqarma bilan kelishilgan holda tuman hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.


conv
conv
phone