539 marta ko'rildi
Nashr etilgan 09/08/2018 - 06:00

Asosiy vazifalari

Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasining asosiy vazifalari 

Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

Mamlakatning va hududning ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanishining istiqbolli ustuvor strategik yo‘nalishlari, uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlar va hududlarni kompleks rivojlantirish, tuzilmaviy o‘zgartirishlar, iqtisodiyot tuzilmasini diversifikatsiya qilish dasturlari asosida hududning sanoat salohiyatini va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;

hududning tabiiy xom ashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunligi”ni inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;

hududdagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish sharoitida shaharning demografik sig‘imi hamda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojini prognoz qilish va shu asosda urbanizatsiya ko‘lamlarini belgilash shaharni kengaytirish yoki yo‘ldosh shaharchalarni yaratish yuzasidan takliflar tayyorlash;

hududlarda mavjud sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

 

Bosh boshqarmaning tuman  bo‘limlarining asosiy vazifalari:

tuman iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilishda qatnashish, nomutanosibliklarni, zaxiralarni aniqlash va  xom ashyo, ishchi kuchi va ishlab chiqarish salohiyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

tegishli idoralarning hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;

tumanning sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategik ustuvor yo‘nalishlaridan, qisqa va o‘rta muddatli rejalar va kompleks rivojlantirish dasturlaridan, iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, chuqurlashtirish va diversifikatsiya qilish maqsadlaridan kelib chiqqan holda tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda dasturlar va boshqa chora-tadbirlar ishlab chiqishda ishtirok etish;

muhandislik, yo‘l-transport va kommunikatsiya infatuzilmalarini jadal rivojlantirish, transport xizmatlarini yanada takomillashtirish, uy-joy kommunal xizmatlarini ko‘rsatish darajasi va sifatini yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dasturlar va boshqa chora-tadbirlar ishlab chiqishda ishtirok etish;

ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish hisobiga band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta'minlash, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish va yashash sharoitlarini yaxshilash, aholi uchun tibbiy, ma'rifiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

tumanda sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

 

 

 

 


conv
conv
phone