84 marta ko'rildi
Nashr etilgan 22/06/2020 - 15:31

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, nodavlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filiali tashkil etiladi.
- Filialda o‘qitish kunduzgi ta'lim shaklida, davlat va ingliz tilida, jumladan, dual ta'lim, elektron va masofaviy ta'lim texnologiyalarini qo‘llagan holda Filial tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari hamda dasturlarga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ta'lim faoliyati amalga oshiriladi.
- Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialining vasiylik kengashi tarkibi hamda filialini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.
- Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.
Hujjatning rasmiy to‘liq matni

lex.uz


conv
conv
phone