33 marta ko'rildi
Nashr etilgan 30/12/2019 - 14:29

Iqtisodiy islohotlar: 2019 yil yakuni va 2020 yil rejalari

Yig‘ilishda Toshkent shahridagi iqtisodiyot tarmoqlarida va tumanlarda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini yanada oshirish masalasi atroflicha muhokama etildi.
Yig‘ilishni Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xotambek Shakirov olib bordi.

Tadbirda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov so‘zga chiqib, bugungi kunda Toshkent shahrining investitsiya salohiyatini yanada oshirish, xorijiy investorlarni keng jalb qilish hamda investitsiya prognozlari ijrosini to‘liq ta'minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda shu yo‘nalishdagi dolzarb masalalarga e'tibor qaratdi.

Shuningdek, tadbirda 2020 yilda soliq, investitsiya, eksport-import, shuningdek, mahaliylashtirishda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar hamda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan takliflar ham ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga mahalliy byudjetni shakllantirish va kredit bo‘yicha belgilangan reja yig‘ilganlar e'tiboriga xavola etildi.

Yig‘ilish yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan vazifalar bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilib, 2020 yil rejasi tumanlarda ham muxokama etilishiga kelishib olindi.

 

www.tashkent.uz


conv
conv
phone