219 marta ko'rildi
Nashr etilgan 19/03/2020 - 14:56

O‘zbekiston "Iqtisodiy erkinlik indeksi 2020" hisobotida

O‘zbekiston "Iqtisodiy erkinlik indeksi 2020" hisobotida o‘z natijasini avvalgisiga nisbatdan 26 pog‘onaga yaxshilab 114-o‘rinni egalladi

Iqtisodiy erkinlik indeksi "Heritage Foundation" (Meros Jamg‘armasi) tadqiqot markazi tomonidan "Wall Street Journal" bilan hamkorlikda 1995-yildan buyon yuritiladi.

Indeks metodologiyasi

  • «Iqtisodiy erkinlik indeksi» 4 ta guruhga - Qonun ustuvorligi, Davlatning iqtisodiyotdagi o‘rni; Tartibga solish samaradorligi hamda Bozor ochiqligiga birlashtirilgan 12 ta komponentni (mulk huquqi, sud faoliyati samaradorligi, davlat yaxlitligi; soliq yuki, davlat xarajatlari, fiskal siyosat; biznes erkinligi, mehnat erkinligi, pul-kredit siyosati erkinligi; savdo erkinligi, investitsiya erkinligi, moliyaviy erkinlik) o‘z ichiga oladi.
  • Indeks yillik hisobotida 186 mamlakat 100 ballik tizimda baholanadi. Har bir indikator bo‘yicha berilgan ballar teng kuchga ega va umumiy ball 12 ta komponentning o‘rta arifmetigi sifatida aniqlanadi.
  • Tuzuvchilar fikriga ko‘ra, indeksning qiymati qancha katta bo‘lsa, mamlakat shunchalik iqtisodiy jihatdan erkin bo‘ladi. Indeksga binoan davlatlarning iqtisodiy erkinlik darajasi 5 ta guruhga bo‘linadi:
  • Davlatda iqtisodiyot to‘liq erkin: 80-100 ball;
  • Davlatda iqtisodiyot asosan erkin: 70-79,9 ball;
  • Davlatda iqtisodiyot o‘rtacha erkin: 60-69,9 ball;
  • Davlatda iqtisodiyot asosan erkin bo‘lmagan: 50-59,9 ball;
  • Davlatda iqtisodiyot to‘liq erkin bo‘lmagan: 0-49,9 ball.
  • Indikatorlar natijalari davlat organlari tomonidan e’lon qilingan ochiq ma’lumotlar hamda turli xalqaro tashkilotlarning (World Economic Forum, World Bank, International Monetary Fund, Credendo Group, Transparency International va boshqalar) reyting hisobotlari natijalariga asoslanadi.
  • «Iqtisodiy erkinlik indeksi» 2020 hisoboti uchun 2018 yil 1 iyuldan 2019 yil 1 iyulgacha bo‘lgan ma’lumotlar bazasi asosida tahlil qilingan.

Eng yaxshi natijalar

  • 2020 yil hisobotiga ko‘ra eng yuqori 10 talik natija - Singapur, Gonkong, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Shveysariya, Irlandiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Kanada, Estoniya davlatlariga tegishli.

 

O'zbekiston Respublikasi

  • O‘zbekiston 2020 yilgi hisobotda avvalgi natijaga qaraganda o‘z o‘rnini 26 pog‘onaga yaxshilab, dunyoda 114 – o‘rinni egalladi.
  • O‘zbekiston Respublikasi 57,2 ball (100 dan) to‘plagan.
  • So‘nggi 3 yil davomida, reyting o‘rni 38 pog‘onaga yaxshilandi (2018 – 152)
  • Osiyo-tinch okeani mintaqasida Vanatu (+3,3), Qozog‘iston (+4,2), Vetnam (+3,5) va Maldiv orollari (+3,3) bilan bir qatorda O‘zbekiston o‘z ballini +3,9 ballga yaxshilagan holda mintaqadagi eng yaxshi 5 ta mamlakat qatoridan o‘rin egalladi.
  • Osiyo-tinch okeani mintaqasida O‘zbekiston 42 mamlakat orasida 26-o‘rinni egalladi (+10 pog‘ona avvalgi hisobotga nisbatan).
  • So‘nggi hisobot natijalariga ko‘ra, 2020-yil uchun O‘zbekiston savdo erkinligi bo'yicha top (62-ta davlat keltirilgan islohotchi mamlakatlar) qatoriga kirdi.

Eng yomon natijalar

  • Quyi beshta o‘rindan – Kongo Respublikasi, Eritreya, Kuba, Venesuyela va Shimoliy Koreya davlatlari joy olgan.

Yaxshilangan ko'rsatgichlar

  • O‘zbekiston 12 ta indikatorning 11 tasida ijobiy o‘zgarishlarni qayd etgan. Shunga qaramay bir qancha ko‘rsatkichlarda natijalar pastligicha qolmoqda.
  • O‘zbekistonning yaxshi natija qayd etgan ko‘rsatkichlari quyidagilar:
  • Fiskal siyosat (98.9 ball, +0.2 o‘sish) - so‘ngi uch yildagi byudjet kamomadi ko‘rsatgichiga asoslanadi. Bunda, O‘zbekiston eng yaxshi natija ko‘rsatgan davlatlar qatoridan joy olgan.
  • Soliq yuki (91.6 ball, +0.3 o‘sish) - daromad solig‘i yuki, korxona daromadlaridagi soliq yuki va umumiy soliq yukining YAIMga nisbatan fo‘izdagi ulushi kabilarni o‘z ichiga oladi. Bunda avvalgi hisobotdagi ko‘rsatkichga qaraganda soliq yuki 0.9 % kamaygan. Yangi tahrirda qabul qilingan soliq kodeksi ushbu ko‘rsatgichni yanada yaxshilashga qaratilgan.
  • Davlat xarajatlari (74.7 ball, +7.3 o‘sish) - byudjet taqsimoti asosida baholanadiBunda, avvalgi natijaga qaraganda xarajatlarning YAIMga nisbatan 4.0%ga kamayishi kuzatilgan.
  • Biznes erkinligi (72.6 ball, +0.1 o‘sish) - biznesni boshlash, litsenziya olish, biznesni tugatish, Elektr ta’minoti tizimiga ulanish kabilar tahliliga asoslanadi.
  • Savdo erkinligi (67.6 ball, +5 o‘sish) - tovar va xizmatlarni import va eksportiga ta’sir qiluvchi o‘rtacha tarif va notarif baryerlar asosida baholanadi.

Yaxshilash uchun zaif sohalar

  • Moliyaviy erkinlik (20 ball, +10 o‘sish) - kredit taqsimotida davlatning aralashuvi, kapital bozorining rivojlanish darajasi va raqobat erkinligi asosida baholanadi. Ushbu natija mazkur sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish zaruriyati borligini anglatadi.
  • Investitsiya erkinligi (20 ball, +10 o‘sish) - odatda investitsiya muhitiga salbiy ta’sir etadigan turli huquqiy cheklovlar mavjudligini baholaydi. Qayd etilgan past natija ushbu sohani tubdan tahlil qilgan holda islohotlarni amalga oshirish lozimligini bildiradi.
  • Davlat yaxlitligi (28.2 ball, +3 o‘sish) - pora berish, davlat siyosati shaffofligi, korrupsiya darajasi, davlat xizmatchilari faoliyati shaffofligi ko‘rsatgichlarini tahlil qiluvchi mazkur ko‘rsatkichlarda ijobiy o‘sish kuzatilgan. Lekin umumiy ijobiy natijaga qaramay ushbu ko‘rsatkich natijalarini yaxshilash bo‘yicha aniq chora tadbirlar ko‘rish lozimligini anglatadi.
  • Sud faoliyati samaradorligi (34.2 ball, -0.1 pasayish) - sudlarning mustaqilligi, sud jarayoni samaradorligi, sud qarorlarida favorotizm va siyosatchilarga xalqning ishonchi ko‘rsatgichlari bo‘yicha baholanadi.
  • Mulk huquqi (59.1 ball, +9.3 o‘sish) - moddiy mulk huquqi, intelektual mulk, investorlarni himoya qilish, mulkning musodara qilinish xavfi va yer ma’murchiligining sifati orqali baholanadi.
  • Mehnat erkinligi (59.9 ball, +1.2 o‘sish) - eng kam ish haqi; noqonuniy ishdan bo‘shatishga to‘sqinlik qiluvchi qonunlar; nafaqa to‘lash bo‘yicha talablar va ishga yollash va ish soati bo‘yicha me’yoriy cheklovlar, shuningdek mehnat bozorida barcha ishchilarning ishtirok etish imkoniyatini nazarda tutadigan mamlakatlardagi mehnat bozori bo‘yicha normativ-huquqiy bazasidagi jihatlarni hisobga oladi.
  • Pul-kredit erkinligi (59.9 ball, +1 o‘sish) - oxirgi uch yildagi inflyatsiya darajasi hamda narxni jilovlashga asoslanadi.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 va 2020 yillarda indeksdagi natijalari

Indikator

2019

2020

 

Indikator

2019

2020

1. Mulk huquqi

49.8

59.1

(+9.3)

 

7. Biznes erkinligi

72.5

72.6

(+0.1)

2. Sud faoliyati samaradorligi

34.3

34.2

(-0.1)

 

8. Mehnat erkinligi

58.7

59.9

(+1.2)

3. Davlat yaxlitligi

25.2

28.2

(+3.0)

9. Pul-kredit erkinligi

58.9

59.9

(+1.0)

4. Soliq yuki

91.3

91.6

(+0.3)

10. Savdo erkinligi

62.6

67.6

(+5.0)

5. Davlat xarajatlari

67.4

74.7

(+7.3)

11. Investitsiya erkinligi

10

20

(+10)

6. Fiskal siyosat

98.7

98.9

(+0.2)

12. Moliyaviy erkinlik

10

20

(+10)

 

mineconomy.uz


conv
conv
phone