40 marta ko'rildi
Nashr etilgan 21/02/2020 - 12:08

O‘zbekiston-Rossiya: tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi hamkorlik

2020 yil 19-20 fevral kunlariKichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish federal korporatsiyasi bosh direktori A.Braverman boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri B.Xodjaev hamda vazir o‘rinbosari - Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori - G.Mamatkulov bilan uchrashuv o‘tkazish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tomonlar kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash vositalaridan foydalanish samaradorligini muhokama qildilar, shuningdek Federal korporatsiya vakillari Kichik va o‘rta korxonalar Biznes-navigatori portalining imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazdilar.

Federal korporatsiya MDH davlatlari bilan kichik va o‘rta tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish masalalarida faol hamkorlik qiladi. Bu borada 2019 yil noyabr oyida Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Federal korporatsiya o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolangan edi.

Ishchi tashrif yakuni bo‘yicha tomonlar o‘rtasida “yo‘l xaritasi” imzolanib, uning doirasida hamkorlik qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida O‘zbekistonda “Kichik va o‘rta korxonalar Biznes-navigatori portali”ning xizmatlarini mahalliylashtirish bo‘lib qolishi mumkin. “Yo‘l xaritasi”da ko‘zlangan tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, kichik va o‘rta korxonalarning Rossiya va O‘zbekistonda amaldagi mavjud qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, rossiyalik va o‘zbekistonlik ishbilarmonlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishga yordam beradi.

“Yo‘l xaritasi”ning imzolanishi, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Federal korporatsiyasi o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Unga muvofiq, kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarini yirik kompaniyalarning xaridlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, ma’lumot olishda va marketing sohasida amaliy yordam qo‘rsatish, tadbirkorlik, biznes jarayonlarni boshqarish sohasida o‘quv dasturlarni amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida tajriba almashinish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.

 

mineconomy.uz

 

 

 

 

 

 

 

 

 


conv
conv
phone