18 marta ko'rildi
Nashr etilgan 11/12/2019 - 12:13

Portal faoliyati muvofiqlashtirib boriladi

  Ma’lumki joriy yilning 18-27 noyabr kunlari poytaxtimizning “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tgan edi.

Tadbirga davlatimiz rahbari tashrif buyurib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish,  sohani rivojlantirishda olib borilayotgan ijobiy ishlar, xususan yangi etilgan Elektron kooperatsiya birjasi portali faoliyati (www.cooperation.uz), bilan tanishib, mazkur yo‘nalishda istiqbolda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar xususida to‘xtalgan edi.

Shunga muvofiq, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar taqdim etish maqsadida vazirlik markaziy apparati tarkibida “Elektron kooperatsiya birjasi portalini yuritish bo‘limi” tashkil etildi.

Ushbu bo‘limning asosiy vazifalaridan etib, mazkur Portal faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirib borish belgilandi.

 

mineconomy.uz


conv
conv
phone