52 marta ko'rildi
Nashr etilgan 22/06/2020 - 19:40

Poytaxtda qayta ishga tushayotgan korxonalar

Toshkent shahrida koronavirus pandemiya tufayli 46773 ta korxonalar faoliyatini to‘xtatgan edi. Xozirgi kunga kelib ularning 34964 tasi belgilangan tartib va talablarga rioya etgan holda o‘z ishini qayta tashkil etdi.

Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi kichik biznes sub'yektlarini tashkil etish bo‘yicha 2020 yil uchun 19 029 ta kichik biznes sub'yektlari faoliyatini tashkil etish rejasi tasdiqlangan edi. Ushbu rejaga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 5 oyida 7 930 ta tadbirkorlik sub'yeklari tashkil etilib, 27 438 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Sohalar kesimida tahlil qilganda asosan savdo, sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi hamda boshqa faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi.

Toshkent shaxar tijorat banklari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida esa jami 404 ta loyixaga 20528,7 mln. so‘m kredit ajratildi.

toshkent.uz


conv
conv
phone