219 marta ko'rildi
Nashr etilgan 13/12/2019 - 14:21

Toshkent shahar byudjeti loyihasi e'lon qilindi


“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunga asosan 2020 yilda:
a) Quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy to‘lovlar shahar byudjeti hamda tumanlar byudjetlari o‘rtasida taqsimlanadi:
yakuniy iste'molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;
aylanmadan soliq;
ayrim tovarlarning chakana savdosiga beriladigan huquq uchun undiriladigan yig‘imlar;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
b) Shahar byudjetiga quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lig‘icha o‘tkaziladi:
elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda davlat bojlari (patent boji va litsenziya berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undiriladigan jarimalar;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulk, mahalliy hokimliklar aktivlari bo‘yicha davlat unitar korxonalari sof foydasidan ajratmalar va dividendlar;
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda davlat aktivlarini ijaraga berish va xususiylashtirishdan tushadigan daromadlar;
xarid qilganlik uchun ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida avtotransport egalari (foydalanuvchilari) tomonidan to‘lanadigan yig‘im;
Shu bilan birga, qonunga muvofiq shahar mahalliy byudjetiga ajratma qilingan 5 foiz miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soliqlari to‘liq shahar byudjetiga taqsimlanishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
v) Quyidagi soliq turlari tumanlar byudjetiga to‘liqligicha o‘tkazib beriladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
jismoniy shaxslarning mulklarni ijaraga berishidan olinadigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i;
elektr stansiyalaridan boshqa to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘idan tushumlar 2019 yil 1 iyul holatiga ko‘ra Toshkent shahar aholisini respublika aholisidagi ulushiga muvofiq o‘tkazib beriladi.
Qonunga asosan Toshkent shahar mahalliy byudjetining xarajatlar tizimida quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi hamda moliyalashtirish tartibi quyidagicha belgilandi:
Respublika byudjetidan:
umumta'lim maktablari hamda maktabgacha ta'lim muassasalarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari (to‘rtinchi guruh xarajatlari tegishli tumanlar byudjetlaridan moliyalashtiriladi);
ko‘p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni ta'mirlash xarajatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimiga kiruvchi issiqlik ta'minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlari va qozonxona uskunalarini kapital ta'mirlash xarajatlari;
Shahar byudjetidan:
issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchilarga aholiga berilgan issiqlik ta'minoti xizmati uchun pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash bo‘yicha xarajatlar;
umum foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish xarajatlari;
davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash;
tajriba tariqasida Toshkent shahridagi umumta'lim, maktabgacha ta'lim va tibbiyot muassasalarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), kapital ta'mirlash va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar;
Tumanlar byudjetidan:
fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar;
davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tuman va shahar markazlarini saqlash xarajatlari moliyalashtiriladi.
2020 yil uchun Toshkent shahrining shahar byudjeti Zaxira jamg‘armasi hajmi 36,015 mlrd. so‘m miqdorida belgilanadi.
Toshkent shahar hokimligi hamda tuman hokimliklari Zaxira jamg‘armalari mablag‘larini shahar hamda tumanlar byudjetlarida ko‘zda tutilmagan, kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilishi ta'minlanadi.
2020 yil uchun Toshkent shahri shahar byudjetining yo‘l qo‘yiladigan eng kam mablag‘lar 18.3 mlrd. so‘m miqdorda hamda tumanlar byudjetlarida yo‘l qo‘yiladigan eng kam mablag‘lar miqdori belgilanadi.
Toshkent shahar va tuman hokimliklari:
tegishli byudjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat va dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarining rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantiradi;
har chorak yakuni bilan keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar rasmiy veb-saytlarga o‘z tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida mablag‘lar taqsimotini, moliyaviy hisobotlarni, kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosini, o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolari va davlat xaridlari hamda boshqa tegishli ma'lumotlarni joylashtiradi;
tumanlar byudjetlarning qo‘shimcha daromadlarini 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorlarda jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiradi va veb-saytlariga ularning natijalarini joylashtiradi.

www.tashkent.uz


conv
conv
phone