640 marta ko'rildi
Nashr etilgan 26/03/2019 - 13:08

TOSHKENT SHAHRIDAGI IQTISODIY ISLOHOTLARNING O‘SISH KO‘RSATKICHLARI

Ijtimoiy sohada:

 

Toshkent iqtisodiyoti izchil rivojlanmoqda. Poytaxtimizda mahalliy byudjetdan ijtimoiy soha muassasalariga 2018 yilda jami 1 trln. 851 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. 2019 yilda 2 trln. 383 mlrd. so‘m mablag‘ni yo‘naltirish rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 28 foizga ko‘pdir.

 

Xususan, maktabgacha ta'lim muassasalariga mahalliy byudjetdan 2018 yilda 377.1 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ sarflangan. 2019 yilda xarajatlar 32 foizga oshirilib, 499 mlrd. so‘mga o‘sdi.  Jumladan, bog‘cha tarbiyalanuvchilarining 1 nafariga  o‘tgan yili 3.3 mln. so‘m miqdorida mablag‘ sarflanib, joriy yilda bu maqsad uchun 4.3 mln. so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, umumta'lim sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar ham o‘tgan yilga nisbatan 37 foizga hamda sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalariga dori ta'minoti uchun ajratiladigan xarajatlar o‘rtacha 49 foizgacha o‘sishi kuzatilmoqda.

 

Yo‘l infratuzilmasi yo‘nalishida:

 

Toshkent shahar hokimligi tomonidan 2019 yilda poytaxtimizdagi markaziy va mahallalar hududidagi ichki ko‘chalarni joriy ta'mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. Bu maqsadlar uchun mahalliy byudjetdan qariyib 188 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

 

Joriy yilning yanvar-fevral oylaridagi xarajatlar:

 

Joriy yilning dastlabki ikki oyida Olmazor tumanidagi Nurafshon ko‘chasida 6 ta 7 qavatli uylar foydalanishga topshirildi.  Mazkur turar joylarni barpo etish uchun barcha manbaalar hisobidan 58,2 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi.

 

Hazrati Imom majmuasi hududida “Islom madaniyati markazi” qurilishi munosabati bilan shu hududda uy-joylari buzilishga tushgan oilalarga Nurafshon ko‘chasida qurilgan ko‘p qavatli  uy-joylardan 221 ta xonadon taqdim etildi.

 

Bundan tashqari Mirobod tumanidagi Toshkent shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasining birinchi bosqichdagi qurilish ishlariga 87,8 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ sarflandi. Natijada shifoxonaning 7 ta bo‘limi uchun yangi bino qurildi va davolash bo‘limi qayta rekonstruksiya qilindi.

 

2019 yilda Olmazor tumani “Yoshlik” talabalar shaharchasi hududidagi Universitet ko‘chasi qayta rekonstruksiya qilindi. Bu yerda bajarilgan qurilish-ta'mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qariyib 17 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi. Natijada avtoturargoh qurildi, Farobiy va Universitet ko‘chasi kesishmasida Beruniy maydoni tashkil etildi va ulug‘ ajdodimizning haykali o‘rnatildi.

 

Shu bilan birga bu yil Chilonzor tumanidagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi” binosini  qayta rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. Bu maqsadlar uchun 7,2 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.

 

Obodonlashtirish tizimida:

 

2019 yilda Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi markaziy ko‘chalardan foydalanish, ularni saqlash va ta'mirlash ishlari uchun 5 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratild


conv
conv
phone