95 marta ko'rildi
Nashr etilgan 02/03/2020 - 11:55

Ommaviy axborot vositalari diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi PQ-4477-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi 24/1-4676-son topshirig‘i va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan Media reja (16.01.2020 y. 14/2-266-son)ning 32-bandiga muvofiq Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Yevropa Ittifoqining “Switch Asia” dasturi tashabbusi bilan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida barqaror iste’mol qilish va ishlab chiqarishni yanada rag‘batlantirish” mavzusida ikki kunlik milliy seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, mazkur tadbir kun tartibidagi masalalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka etkazish maqsadida, barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif qilamiz.

Seminar 2020 yil 3-4 mart kunlari Wyndham mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Tadbir dasturini Yuklab olis

mineconomy.uz


conv
conv
phone