28 marta ko'rildi
Nashr etilgan 12/02/2020 - 20:05

“Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturi loyihasi muhokamasida ishtirok eting

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi. Jumladan, hujjatda:

- 2020 yil 1 maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatiga fuqarolar murojaatlari asosida Internet tarmog‘ida parlament va deputat so‘rovlarini shakllantirish, saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish uchun elektron portal va mobil ilovadan foydalanish imkonini beruvchi “Elektron parlament” tizimi joriy qilish;

- 2020 yil 1 iyuldan boshlab “Mening fikrim” veb-portalining mobil ilovasini ishga tushirish;
2020 yilda oliy pedagogik ta'limning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yilgacha qisqartiri;

Hujjat matni bilan https://regulation.gov.uz/uz/document/13624 atroflicha tanishish va muhokamada ishtirok etish mumkin.

www.tashkent.uz


conv
conv
phone