27 marta ko'rildi
Nashr etilgan 10/11/2020 - 18:38

O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirok etayotgan qancha korxona mavjud?

Davlat statistika qo‘mitasining matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, yurtimizda xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlarning soni 1371 ta bo‘ldi.
Yurtimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan hududlar haqida qisqa to‘xtaladigan bo‘lsak, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri bo‘lib, hududda bunday korxona va tashkilotlar soni 6 ming 745 ekanini ko‘rish mumkin.

Toshkent viloyatida 1 295 ta, Samarqand viloyati 565, Farg‘ona viloyati 439 va Surxondaryo viloyati to‘rt yuzga yaqin korxona bilan peshqadamlik qilmoqda.

Mazkur qo‘shma korxonalarda qaysi davlatlarning kapitali ishtirok etayotgani, bu borada eng ko‘p ulushiga qaysi davlat ega ekanini mutaxassislar o‘rganib chiqishdi.

Bu borada eng yuqori raqamlar Rossiya davlatiga to‘g‘ri keldi, ya'ni yurtimizdagi 2047 ta korxonada ushbu mamlakat mablag‘i kiritilgan.

1776 korxonaga qo‘shgan ulushi bilan Xitoy ikkinchi, 1504 bilan esa Turkiya uchinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, yurtimizda Qozog‘iston va Hindiston bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan korxonalar ham mavjud.

 

 

Manba:Uza.uz


conv
conv
phone