292 раз просмотрено
Опубликовано 16/12/2021 - 13:17

2021 yil yanvar-noyabr oylari ko‘rsatkichlari

2021 yil yanvar-noyabr oylari natijalari yuzasidan Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy

ko‘rsatkichlari to‘g‘risida  

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar

2021 yil yanvar-noyabr oylarida asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha quyidagi natijalarga erishildi, bunda

      sanoat mahsulot ishlab chiqarish hajmi - 75229,1 mlrd. so‘m, o‘sish sur’ati 112,3 foiz (respublikadagi ulushi 18,9 foiz);

iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi - 29640,4 mlrd. so‘m, o‘sish sur’ati 122,7 foiz (respublikadagi ulushi 22,6 foiz);

jami xizmatlar hajmi -  94087,6 mlrd. so‘m, o‘sish sur’ati 120,5 foiz (respublikadagi ulushi 36,6 foiz);

chakana savdo hajmi - 53079,4 mlrd.so‘m, o‘sish sur’ati 115,8 foiz (respublikadagi ulushi 24,6 foiz);

pudrat-qurilish ishlari hajmi - 23565,4 mlrd. so‘m, o‘sish sur’ati
123,7
foiz (respublikadagi ulushi 24,6 foiz);

tashqi savdo aylanmasi hajmi - 14671,9 mln. AQSh dollar, o‘sish sur’ati 135,4 foiz (respublikadagi ulushi 38,7 foiz), shundan:

eksport hajmi - 3504,0 mln. AQSh dollar, o‘sish sur’ati 134,8 foiz (respublikadagi ulushi 22,7 foiz);

import hajmi - 11167,9 mln. AQSh dollar, o‘sish sur’ati 135,6 foizni (respublikadagi ulushi 49,7 foiz) tashkil etdi.

 

Kichik biznesni rivojlantirish

2021 yilning yanvar-noyabr oylari mobaynida 15 130 ta (rejaga nisbatan 103 foiz) yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etilib, yil yakuni bilan jami 15 892 ta tashkil etilishi kutilmoqda.

2021 yil 1 dekabr holatiga 97 634 ta kichik biznes sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan faoliyat yuritayotgan sub’ektlar soni 93 992 tani tashkil etdi.

Xususan, sanoatda 15885 ta, qurilishda 8646 ta, savdoda 30 530 ta, tashish
va saqlashda 4042 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 6805 ta, axborot va aloqada 4274 ta, sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda
1707 ta va boshqa sohalarda 22 103 tani tashkil etmoqda.


conv
conv
phone