1674 раз просмотрено
Опубликовано 12/01/2022 - 19:21

Toshkent shahri aholisi 2022 yil 1 yanvar holatiga hududlar kesimida taqsimlanishi

2022 yilning 1 yanvar holatiga Toshkent shahrida doimiy aholisi soni 2 million 860 ming 511 kishini tashkil etmoqda.
Doimiy aholi soni yil boshidan beri 166 ming 133 kishiga oshgan. Bu shahar aholisi har oyda o‘rtacha 13 ming 844 kishiga ko‘payayotganini anglatadi.
2021 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 461 kishiga oshgan.
1 yanvar holatiga, doimiy aholining 1 million 458 ming 421 nafari – ayollar, 1 million 402 ming 090 nafari – erkaklar.
Ma'lumot uchun, 2020 yilda Toshkent aholisi 122 ming 710 kishiga ko‘payib, yil so‘ngida 2 million 694 ming 378 kishini tashkil etgandi.

O‘tgan yili aholi soni har oyda o‘rtacha 10 ming 225 kishiga oshgan.

 


conv
conv
phone