275 раз просмотрено
Опубликовано 11/01/2022 - 19:48

2021-yil davomida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot

O‘tgan 2021-yil davomida inson kapitalini sifatini oshirishga qaratilagan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Maktabgacha ta’lim sohasida:

3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta'lim bilan 1,9 mln. nafar bolalarni yoki qamrov darajasini 70 foizga yetkazilishi ta'minlandi;

maktabga tayyorlov tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalarni yoki ularning 82 foizini qamrab olish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazildi;

114 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi hamda 6 900 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etish hamda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etiladi va ularda qamrab olingan bolalarning ulushini 25 foizgacha yetkazildi;

53 ta qamrov past bo‘lgan tumanlarga alohida imtiyozli kredit liniyalari ajratildi;

mobil guruhlar hamda reabilitasiyaga muhtoj bolalar uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xalq ta'limi sohasida:

Maktablarning 75 foizi internetga ulanishi ta'minlandi;

Barcha hududlarda Prezident maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

Xalq ta'limi tizimidagi “Mehribonlik uylari” va “bolalar shaharchalari” faoliyati qayta tashkil etildi.

Oliy ta'lim sohasida:

8 ta oliy ta'lim muassasalari tashkil etilib, jami soni 149 taga yetkazildi;

Yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi 28 foizga yetkazildi;

O‘qish jarayoniga kredit-modul' tizimi kiritildi. Masofaviy ta'lim shakli joriy etilmoqda.

Sog‘liqni saqlash sohasida:

Sog‘liqni saqlash sohasini davlat tomonidan moliyalashtirish

21,1 trillion so‘mni tashkil etadi. Joriy yil oxirigacha 4,3 trillion so‘m, jumladan, vaksinalar xarid qilish va aholini emlash uchun 1,4 trillion so‘m yo‘naltiriladi;

Respublika ixtisoslashgan markazlarining soni 10 tadan 43 taga yetkazildi va shu bilan birga, ularning mintaqaviy filiallari va bo‘limlari soni 484 taga yetkazildi;

Birlamchi tibbiyot bo‘g‘ini qayta tashkil etilib 100 ta oilaviy shifokor punktlari,  17 ta qishloq oilaviy poliklinikalari va 7 ta shahar oilaviy poliklinikalari qayta tashkil etildi;

149 ta ob’ektlardagi qurilish ishlarini yakunlanib foydalanishga topshirish ishlari amlga oshirildi.

manba:Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati


conv
conv
phone