261 раз просмотрено
Опубликовано 16/12/2021 - 12:42

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari xaqida ma’lumot

Qaror doirasida 7 794 ta qishloq va mahallalarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlantirildi;

      – jami manbalar hisobidan 14 trln. 776 mlrd. so‘m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga 2 trln. 547 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi;

     – 5 788 km ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi;

– 10 243 km ichki yo‘llarga asfalt va shag‘al yotqizildi;

– elektr ta’minotini yaxshilash borasida 1 trln. 266 mlrd. so‘m, jumladan 3 506 ta transformator punktlari uchun 299 mlrd. so‘m13 304 km tarmoqlarni yangilash va ta’mirlash uchun 967 mlrd. so‘m mablag‘lar sarflandi;

– tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash borasida 46,8 mlrd. so‘m, jumladan 2,5 mlrd. so‘mlik 2 110 ta gaz taqsimlash punktlari, 2,9 mlrd. so‘mlik 9 139 dona suyultirilgan gaz balonlari, 41,4 mlrd. so‘mlik 759 km tarmoqlar yangilandi va ta’mirlash uchun sarflandi;

– 1 683 km irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari yaxshilandi;

– 801 ta umumta’lim maktablarini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi;

– 478 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi;

– 262 ta sog‘liqni saqlash sohasidagi obyektlarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi;

– 30 ta boshqa ijtimoiy soha obyektlarini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi;

– 49,7 mingdan ziyod aholining yakka tartibdagi uy-joylari ta’mirlandi;

– 1 091 ta ko‘p qavatli uy-joylar ta’mirlandi, ularning yon atroflari obodonlashtirildi;

  – 1 427 ta bozor infratuzilmasi obyektlari ta’mirlandi va yangidan qurildi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati


conv
conv
phone