82 раз просмотрено
Опубликовано 21/04/2021 - 13:16

Toshkentda 7 226 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 12 239 tani tashkil etmoqda.

Hududlar kesimida ular orasida poytaxt birinchilardan ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Birinchi beshlik quyidagicha:

Toshkent shahri – 7 226 ta
Toshkent viloyati – 1 335 ta
Samarqand viloyati – 602 ta
Farg‘ona viloyati – 465 ta
Surxondaryo viloyati – 458 ta

2021 yilning 1 aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub'yektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 432 458 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 90 989 tani (21,0 foiz) tashkil qildi. Xususiy korxonalar soni bo‘yicha ham poytaxtimiz ilg‘or. Birinchi beshlik quyidagicha:

Toshkent shahri – 12 886 ta
Farg‘ona viloyati – 11 131 ta
Qashqadaryo viloyati – 9 509 ta
Namangan viloyati – 7 209 ta
Surxondaryo viloyati – 7 188 ta

 

manba:www.tashkent.uz


conv
conv
phone