218 раз просмотрено
Опубликовано 23/01/2023 - 16:59

Xalq Nazorati haftalik hisoboti (14.01.2023-20.01.2023)

Xalqnazorati.uz ga 20-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent shahri aholisidan 4136 ta murojaat kelib tushgan bo’lib, ularning 2507 tasi o’tgan haftaga tu’g’ri keladi, bu oʻtgan haftaga nisbatan 2,5 barobar koʻp (1011 ta). Bunga sovuq kunlar bog’liqligi ayon.

Xuddi shu sababga ko'ra, uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish majmuasi bilan bog'liq muammolar ulushi ikki baravardan ko'proqqa (28,8 foizdan 64,3 foizga) oshdi.

2023 yildan boshlab:

• Ushbu mavzu yuzasidan isitish bo'yicha 954 ta murojaat, yoki 2022 yil umumiy ko’rsatkichidan 28,9 %;
• 427 ta gaz bosimining yoʻqligi yoki pastligi yoki 2022 yil ko’rsatkichidan 358,8 %.
• Elektr quvvatining yo‘qligi yoki past kuchlanishi haqida 826 ta xabar yoki 2022 yil ko’rsatkichining 64,8 foizi.

Tumanlar reytingida Yashnobod yetakchi, Mirzo Ulug‘bek ikkinchi, Yangihayot uchinchi o‘rinda. Shu tariqa 2022-yilda autsayder bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek o'tgan haftada ham ko’rsatgichlarini mustahkamladi. Reytingning so‘nggi o‘rnida esa Olmazor joylashgan.

Reytingga ta'sir qiluvchi muhim omil – berilgan javoblarning umumiy sonida quruq javoblarning ulushidir. Mazmuni sayoz rasmiy javoblarning aksariyati Chilonzor (14,9 %) va Shayxontohur (6,1 %) tumanlaridan berilgan.

Hokimlikka tegishli tashkilotlar kesimida “Veolia Energy Tashkent” MChJ (14,9 foiz) va XUJMSh uyushmasi (9,4 foiz) eng noaniq rasmiy javoblarga yo‘l qo‘ymoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar monitoringi natijasida 189 ta muammo aniqlandi. Shundan 62 tasi yoki 32,8 foizi ijobiy hal etildi; 88 tasi yoki 46,6 foizi ko‘rib chiqilmoqda, 39 tasi yoki 20,6 foizining muddati o‘tgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy xabarlarning aksariyati Yunusobod (42), Mirzo Ulug‘bek (30) va Chilonzor (28) tumanlaridagi kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatiga tegishli. Masalalarni hal qilishda Mirobod (80,0 foiz) va Yashnobod (80,0 foiz) tumanlari eng ilg’or bo’lsa, eng yomon ko’rsatkich Olmazor tumanida (0 foiz) qayd etilgan.

Tafsilotlar – Xalqnazorati.uz haftalik infografikasida.

manba:www.tashkent.uz


conv
conv
phone