191 раз просмотрено
Опубликовано 04/03/2021 - 14:36

O‘zbekiston Iqtisodiy erkinlik indeksi-2021 hisobotida 108-o‘ringa ko‘tarildi.

“Heritage Foundation” tadqiqot markazi tomonidan Wall Street Journal bilan hamkorlikda Iqtisodiy erkinlik indeksi-2021 yilgi hisoboti e'lon qilindi. “Iqtisodiy erkinlik indeksi - 2021” hisoboti 2019 yilning 1 iyulidan 2020 yilning 1 iyuligacha bo‘lgan davrga oid ma'lumotlar bazasidan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi 2021 yilgi hisobotda 186 ta mamlakatlar orasida 58,3 ball (so‘nggi hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston reytingi +1,1 ballga yaxshilandi) bilan 108-o‘rinni egallab, 6 ta pog‘onaga ko‘tarilgan, shu bilan birga oxirgi to‘rt yilda 44 ta o‘rin (152-o‘rindan 108-o‘ringa) yuqorilab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida” PF-6003-sonli Farmonida belgilangan samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) ga erishilgan.

Iqtisodiy erkinlik indeksi tarkibidagi indikatorlar o‘zgarishi:

Mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar natijasida, indeksning oxirgi hisobotiga ko‘ra O‘zbekiston 12 ta indikatorning 7 tasida ijobiy o‘zgarishlarni qayd etgan, shu bilan 3 ta indikatorda pasaygan va 2 tasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘zgarmagan. O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 40 ta mamlakat orasida 21-o‘rinni egallagan.

Dunyo reytingining eng yuqori 3 ta pog‘onasida Singapur (89,7 ball), Yangi Zelandiya (83,9 ball) hamda Avstraliya (82,4 ball) egallagan bo‘lsa, eng quyi o‘rinlarda Kuba (28,1 ball), Venesuela (24,7 ball) va Shimoliy Koreya (5,2 ball) joylashgan.

 

Indeks hisoboti bo‘yicha havola:

https://www.heritage.org/index/pdf/2021/book/2021_IndexofEconomicFreedom_Highlights.pdf

Bugun “Heritage Foundation” tomonidan Iqtisodiy erkinlik indeksi-2021 hisoboti bo‘yicha virtual uchrashuv belgilangan.

Link: https://www.heritage.org/international-economies/event/virtual-event-policies-prosperity-launch-the-2021-index-economic

Manba:Mineconomy.uz

 


conv
conv
phone