3131 marta ko'rildi
Nashr etilgan 30/07/2018 - 14:38

Umumiy ma'lumotlar

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 dekabrdagi PF-3183-sonli "O'zbekiston Respublikasi Makroiqtisidiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni bilan tashkil etilgan (yuklab olish, .pdf, 195,3Kb).

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Nizomi va tarkibiy tuzilmasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi PQ-2934-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 martdagi PQ-2840-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘grisida"gi Qarori. Kuchga kirgan sanasi 03.04.2017 y.

Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi PQ-4653-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qayta tashkil etilgan.

Toshkent shahar hokimining 2020 yil 1 apreldagi 316-sonli qarori asosan tashkil etilgan.

 

    1. Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasining (keyingi o‘rinlarda - Bosh boshqarma) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari hamda tashkiliy asoslarini, shuningdek, rahbarlarining funksional majburiyatlari va  mas'uliyatini belgilaydi.

  1. Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi PQ-4653-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qayta tashkil etilgan hamda 2018 yil 17 avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi PF-5515-sonli Farmonlariga muvofiq o‘z faoliyatinini amalga oshiradi.

 Bosh boshqarma Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanish sohasidagi, shuningdek, investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

  1. Bosh boshqarma Toshkent shahar hokimi devoni tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Bosh boshqarma Toshkent shahar hokimligi bo‘ysunuvida bo‘lib, Toshkent shahar hokimligi Bosh boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Bosh boshqarma o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga hisobot beradi

  1. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi buyruqlari, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
  2. Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Toshkent shahar hokimi devoni, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, tumanlar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining hududiy bo‘linmalari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
  3. Bosh boshqarma yuridik shaxs bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, o‘z hisob-kitob raqamlariga ega bo‘ladi.
  4. Bosh boshqarmaning rasmiy nomi:
  5. a) davlat tilida:

to‘liq nomi - Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi;

qisqa nomi - Iqtisodiy taraqqiyot bosh boshqarmasi;

  1. b) rus tilida:

to‘liq nomi - Glavnoye upravleniye ekonomicheskogo razvitiya i sokraщyeniya bednosti goroda Tashkenta;

qisqa nomi - Glavuprekonomrazvitiya;

  1. v) ingliz tilida:

to‘liq nomi - Department of economic development and poverty reduction of the Tashkent city;

qisqa nomi - Department of economic development of the Tashkent city.

  1. Bosh boshqarmaning manzili: 100066, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov shoh ko‘chasi, 51 uy

conv
conv
phone