126 marta ko'rildi
Nashr etilgan 28/05/2021 - 11:50

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, jahonda g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yot g‘oyalar ta’siriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qo‘shilib qolish holatlari hamon uchramoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish maqsadida:

  1. Quyidagilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb yuritiladi) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish;

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish;

oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish, “mahalla — tuman — viloyat — respublika” prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;

“Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish;

tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik g‘oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini olib borish;

aholining ijtimoiy-ma’naviy hayotida bunyodkorlik g‘oyalarini kuchaytirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash.

  1. O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oldingi tahrirga qarang.

(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy kengashlar) raislari o‘n kun muddatda hududiy kengashlar tarkibini qayta tasdiqlasin.
  2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

Respublika kengashining yig‘ilishi bir yilda bir marta Respublika kengashi raisi, boshqa vaqtlarda esa zaruratga qarab Respublika kengashi raisining o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladi;

hududiy kengashlarning yig‘ilishlari hududiy kengashlar raislari tomonidan har yarim yilda bir marta o‘tkaziladi;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) Respublika kengashining, uning hududiy bo‘lim va bo‘linmalari tegishli hududiy kengashlarning ishchi organlari hisoblanadi.

  1. Markaz:
  2. a) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutgan holda, Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlari;

bola tarbiyasida milliy tarbiya metodlari va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish shakllari;

ma’naviy tarbiyani shakllantirishda oila, ta’lim muassasalari, mahalla, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlikni o‘rnatish mexanizmlari;

tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borishni nazarda tutuvchi uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi;

ma’naviy tarbiyani shakllantirishning homiladorlik davridan boshlanishi va tarbiyaning har bir bosqichdagi o‘ziga xos xususiyatlari;

ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi;

  1. b) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutgan holda, Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sog‘lomlashtirish metodikasi loyihasini ishlab chiqsin va Respublika kengashiga kiritsin:

hududlardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini xonadonma-xonadon yurib aniqlash, tizimli monitoring va tahlil qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish shakllari;

tahlil natijalarini “mahalla — tuman — viloyat — respublika” prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasida aks ettirish tartibi;

ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli va manzilli targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirishga doir tavsiyalar;

aholining mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga yo‘naltirilgan innovatsion metodlarni yaratish, ilmiy-amaliy dasturlarni amaliyotga joriy etish mexanizmi;

  1. v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda Markazning hududiy bo‘lim va bo‘linmalari xodimlari, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun mas’ul xodimlarini Markaz huzuridagi “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasida tizimli ravishda o‘qitish amaliyotini joriy etsin.
  2. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga:

“Madaniyat va ma’rifat” telekanalini Markaz, uning hududiy bo‘lim va bo‘linmalari faoliyatini yoritish masalalari bo‘yicha Respublika kengashining bosh axborot hamkori etib belgilash;

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Xalqaro press-klub va boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan maqolalar, tok-shoular, ijtimoiy roliklar, ko‘rsatuvlar, publitsistik chiqishlar va eshittirishlar tashkil qilish tavsiya etilsin.

  1. Markaz, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasining ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishdagi, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishdagi samarali mehnati va ibratli faoliyati uchun davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga topshiriladigan “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

  1. Markaz huzurida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti shaklida ta’sis etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasiga “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faoliyatini davlat subsidiyasi shaklida qo‘llab-quvvatlash tavsiya etilsin.

Oldingi tahrirga qarang.

(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)

  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaz, uning hududiy bo‘lim va bo‘linmalari xodimlarining ish haqi miqdorini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun 2019-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘ ajratsin.
  2. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilsin.
  3. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripovga — Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish yuzasidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning o‘z vaqtida va samarali bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatilishi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari F.Sh. Maxmudovga — Chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning to‘liq amalga oshirilishi, keyingi yillar uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlar dasturlari o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishining tashkil etilishi;

vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga — Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan vazifalar ijrosining to‘g‘ri tashkil etilishi hamda tadbirlarning muddatida va to‘liq bajarilishi yuzasidan javobgarlik yuklansin.

  1. Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
  2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvahitov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 3-may,

PQ-4307-son

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar

DASTURI

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar

1.

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Konsepsiya loyihasi

2019-yil iyul

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov), “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
(D. Toshmuxammedova)

2.

Oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish, uning manzilliligi, tizimliligi va ta’sirchanligini ta’minlash, targ‘ibot-tashviqot ishlarini shaklan va mazmunan boyitish hamda bu jarayonga innovatsion usullarni joriy etish maqsadida Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sog‘lomlashtirish metodikasini ishlab chiqish hamda Respublika kengashiga kiritish.

Metodika

2019-yil iyun

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov), “Mahalla” jamoat fon�i (Sh. Javlonov), “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
(D. Toshmuxammedova)

3.

“Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil iyun

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi
(J. Qo‘chqorov)

II. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari

4.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari ishtirokida kelishilgan reja asosida “Ma’naviyat festivali”ni o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil iyun

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng aholi vakillariga yetkazishga qaratilgan turkum targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

yil davomida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), “Mahalla” jamoat fondi
(Sh. Javlonov)

6.

Mamlakatimizdagi islohotlarning aholi kundalik turmushidagi natijalari, fuqarolarimizning faolligi va ertangi kunga ishonchi haqida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” shiori ostida “Baxtga haqli el” nomli targ‘ibot materiallari, risola va bukletlar tayyorlash.

Tarqatma materiallar, risolalar

yil davomida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati

7.

Jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasining shakllanishi holati, turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarning aholi turmush tarziga ta’sirini o‘rganish maqsadida “Ijtimoiy rivojlanish va daxldorlik tuyg‘usi” mavzusida ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish va natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash.

So‘rovlar, tadqiqotlar va tahlillar

yil davomida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati

8.

O‘zining samarali mehnati, vatanparvarligi, jismoniy va intellektual salohiyati bilan turli sohalarda katta muvaffaqiyatga erishgan yurtdoshlarimizning hayoti haqida hikoya qiluvchi “Men shu yurt farzandiman” ruknida turkum ko‘rsatuvlar tashkil etish.

Media reja

2019-yil iyun

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev)

9.

Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda rahbar xodimlarning tutgan o‘rni, ularning ma’naviy-axloqiy sifatlarining aholi kayfiyatiga ta’sirini yoritish maqsadida:

“Rahbar ma’naviyati”, “Rahbarning boshqaruv madaniyati” mavzularida seminar-trening va erkin muloqotlar tashkil etish;

“Rahbarning ma’naviyati va ma’rifati” mavzusida risola tayyorlash.

Seminar-trening

Risola

yil davomida

avgust

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasi (N. Salayev)

10.

“Jamiyat taraqqiyotining asosi — ma’rifatdir” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish.

Ilmiy-amaliy konferensiya

2019-yil avgust

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov)

11.

Markaziy ko‘chalar, magistral yo‘llarda kitobxonlik targ‘ibotiga oid shiorlar, hikmatli so‘zlardan iborat bannyerlar, ko‘rgazmali tasviriy-targ‘ibot vositalaridan keng foydalanish ishlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi, tarqatma materiallar, bannyerlar, plakatlar

2019-yil iyun

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Tasviriy oyina” uyushmasi (I. Latipov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat” va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borishga oid tadbirlar

12.

“Axborot hashari” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida:

Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi noxolis axborotlarga qarshi aholi, ayniqsa yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va jamoatchilikda muayyan holatlar haqida haqqoniy fikr shakllanishiga ko‘maklashish;

ishtirokchilarni axborot texnologiyalari yangiliklari bilan tanishtirish uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

yil davomida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(K. Allamjonov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov)

13.

Abu-l-Muin Nasafiy ilmiy merosiga bag‘ishlangan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgan buyuk alloma” nomli xalqaro konferensiya o‘tkazish.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2019-yil noyabr

Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z. Ro‘ziyev), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov)

14.

Abu-l-Muin Nasafiy hayoti va yozgan asarlari asosida maxsus to‘plam tayyorlash va chop etish.

To‘plam

2019-yil noyabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (J. Akromov), O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov)

IV. Jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar — korrupsiya, mahalliychilik, loqaydlik va ota-onalarning yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizligi kabi holatlarga barham berishga qaratilgan tadbirlar

15.

Mahallalardagi uyushmagan yoshlar ishtirokida “Oila — muqaddas dargoh” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.

Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar

yil davomida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
(D. Toshmuxammedova), “Mahalla” jamoat fondi
(Sh. Javlonov)

16.

Yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, ular tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Avlodlar uchrashuvi” loyihasi asosida barcha ta’lim muassasalarida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan faxriy avlod vakillari bilan tarbiyasi og‘ir o‘quvchilarning uchrashuvlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘limlari

17.

Jazoni ijro etish muassasalarida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatining a’zolari ishtirokida “Taqdirni qo‘l bilan yaratur inson” mavzusida “ma’naviyat soatlari”ni tashkil etish.

“Ma’naviyat soatlari”

yil davomida

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva)

18.

Jamiyatda uchrayotgan turli salbiy illatlar va muammolarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadida “Faol fuqaro” debat klubini tashkil etish.

Ijrochilar qo‘shma qarori

2019-yil iyul

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

V. Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot tadbirlari

19.

Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan oilalarga ma’naviy tarbiyani tashkil etishda ko‘maklashish maqsadida “Yosh ota-ona kitobi”, bog‘cha tarbiyachilari uchun “Baxtli bola ma’naviyati”, maktab o‘qituvchilari uchun “Fazilatli bola” qo‘llanmalarini tayyorlash va tarqatish.

Metodik qo‘llanma

2019-yil sentyabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
(D. Toshmuxammedova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

“Jamiyatda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ijtimoiy profilaktika mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.

Ilmiy-amaliy tadqiqot

2019-yil dekabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

21.

Boy ma’naviy merosimiz, me’moriy va tarixiy yodgorliklarni keng targ‘ib qilish, xorijiy mehmonlarda mamlakatimizning tarixi, milliy urf-odatlari haqida to‘g‘ri ma’lumot berish va ijobiy imijini shakllantirish maqsadida O‘zbekistonning turistik shaharlarida faoliyat olib boradigan gidlar uchun uslubiy qo‘llanma tayyorlash.

Uslubiy qo‘llanma

2019-yil noyabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Davlat turizm qo‘mitasi (A. Akkulov), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti (R. Abdullayev)

22.

Targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, jamiyatdagi jipslik va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda xorijiy davlatlar, xususan Germaniya, Turkiya va Yaponiya davlatlari tajribasini o‘rganish va risola tayyorlash.

Risola

2019-yil sentyabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

VI. Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish va ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar

23.

“Bu yilda o‘qish zarur bo‘lgan 100 ta kitob” ro‘yxatini tuzish, yil davomida ushbu asarlar mahalliy teleradiokanallarda el tanigan rahbarlar va ziyolilar tomonidan o‘qib borilishini tashkil etish, turli roliklar, bosma targ‘ibot ishlarini amalga oshirish va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tashabbusning keng tashviqotini olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

yil davomida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Yozuvchilar uyushmasi
(S. Sayidov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xadjayev), Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)

24.

Mamlakatimizdagi keng qamrovli islohotlar mazmunini aholining turli qatlamlariga tushuntirish va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda faol bo‘lgan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari o‘rtasida “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” tanlovini o‘tkazish.

Respublika tanlovi

2019-yil avgust

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati

25.

An’anaviy tarzda bir yilda kamida ikki marta (1-iyun — xalqaro bolalar kuni, 2-sentabr — bilimlar kuni) “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida aksiyalar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2019-yil iyun- sentyabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov), hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari

26.

Internet maydonida ichki va tashqi tahdidlarga samarali qarshi kurashishni ta’minlash maqsadida Markaz xodimlari va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari uchun “Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida turkum hududiy va masofaviy o‘quvlar tashkil etish.

O‘quv mashg‘ulotlari

yil davomida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari, “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” o‘quv markazi (N. Salayev)

VII. Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tadbirlar

27.

Ta’lim muassasalarida talaba, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi”,“Avlodlarga munosib voris bo‘laylik”, “Biz buyuk allomalar farzandlarimiz”, “Ma’rifatli yoshlar — millat faxri”mavzusida harbiy faxriylar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

yil davomida

Respublika Ma’naviyat va ma’�ifat markazi (A. Kadirov), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

28.

Vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarning ijodiy fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihasini amalga oshirish. Bunda:

“Korrupsiya kelajakka tahdid” insholar tanlovi;

“O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi,

“Ona Vatanimning buyuk farzandlari”,“O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”, Vatanga xizmat qilish — buyuk maqsadim” mavzularida maqolalar tanlovi o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar, tanlovlar, ijtimoiy roliklar

2019-yil iyul-oktyabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (�. Kuranbayev), Badiiy akademiya
(A. Nuritdinov)

29.

Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish, joylardagi tarixiy obidalar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish maqsadida “Yurtim tarixini o‘rganaman” va “Yurtim bo‘ylab o‘n kun sayohat” loyihasini amalga oshirish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil iyun-oktyabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Davlat turizm qo‘mitasi
(A. Akkulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

30.

“Farzandingiz mustaqil hayotga tayyormi?” ruknida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va erta nikohning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil avgust

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi
(D. Toshmuxammedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

VIII. Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar

31.

“Biz ma’rifatli islom tarafdorimiz!” shiori ostida turkum chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Targ‘ibot tadbirlari

yil davomida

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (J. Akromov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “Mahalla” jamoat fondi
(Sh. Javlonov)

32.

“Bir oilada ezgu maqsadlar sari” shiori ostida ta’lim muassasalari va mahallalarda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi ishlar targ‘ibotini tashkil etish.

Targ‘ibot tadbirlari

yil davomida

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (R. Kurbanov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (J. Akromov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov)

33.

“12 oyga — 12 alloma” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida:

yil davomida buyuk ajdodlarimiz hayoti, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosi haqida risolalar tayyorlash va chop etish;

har oyda ta’lim muassasalarida ma’lum bir alloma hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tanlovlar o‘tkazish.

Risolalar va tanlovlar

yil davomida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

34.

O‘zbekistonning boy ma’naviy merosi, me’moriy va tarixiy yodgorliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida YUNESKO jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi obyektlar haqidagi ma’lumotlarni 3D formatida namoyish etadigan elektron foto jamlanma (virtual sayohat) yaratish va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilish. Bunda:

jamlanmaga kiritiladigan me’moriy va tarixiy yodgorliklar ro‘yxatini shakllantirish;

fotojamlanmani to‘plash va uning 3D formatini yaratish;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining veb-sahifasi, ijtimoiy tarmoqlarga bepul ko‘chirib olish imkoniyati bilan j�ylashtirish hamda Google maps dasturiga kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil iyun

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Davlat turizm qo‘mitasi (A. Akkulov)

IX. Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar va boshqa sanalarda keng aholi orasida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

35.

Internet tizimida o‘zbek, rus va ingliz tillarida “Buyuk yurt farzandlari” telegram kanalini tashkil qilish. Bunda:

O‘zbekiston hududida yetishib chiqqan buyuk allomalar, sarkardalar, davlat va jamoat arboblarining hayoti, ilmiy, ijodiy ishlari, davlat va jamiyat rivoji yo‘lida amalga oshirgan ibratli faoliyati haqida ma’lumotlar berib borish;

mamlakatimizdagi mashhur olimlar, tadbirkorlar, yozuvchilar, madaniyat, san’at va sport sohasida katta yutuqlarga erishgan shaxslarning hayoti va ijodi, xususan maktab davri haqidagi ibratli voqealarni hikoya qiluvchi videoroliklar tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar, maqola, infografika, so‘rovlar

yil davomida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), O‘zbekiston fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), O‘zbekiston milliy kutubxonasi (U. Toshboyeva)

36.

Mustaqillik ne’mati, buyuk ajdodlarimiz orzu-niyatlari, istiqlol bergan imkoniyatlar, erishilgan yutuqlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida:

“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari va barcha targ‘ibotchilarga mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanma tayyorlash;

Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan videorolik tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot tadbirlarini o‘tkazish;

ijtimoiy tarmoqlarda “Vatanni sevmoq iymondandur” targ‘ibot aksiyasini o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil avgust

Respubl�ka Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), tegishli vazirlik va idoralar

37.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida mahallalar, ta’lim muassasalari va tashkilotlarda:

“Konstitutsiya va qonun talablariga qat’iy rioya qilish ma’naviy saviyamiz va madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart” mavzusida davra suhbatlarini tashkil qilish;

“Insonning ma’naviy va madaniy saviyasi uning qonunlarga og‘ishmay amal qilishida namoyon bo‘ladi” mavzusida respublika insholar tanlovini o‘tkazish.

Davra suhbati




Insholar tanlovi

2019-yil sentyabr — dekabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)

Oldingi tahrirga qarang.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)

 

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2019-y., 07/19/4307/3079-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)

 

manba:lex.uz


conv
conv
phone