120 marta ko'rildi
Nashr etilgan 28/05/2021 - 11:53

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.

Xususan, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmagan.

Mavjud muammolarni hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida:

  1. Quyidagilar ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:

ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;

oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash;

targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;

el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;

madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;

geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

  1. Quyidagilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) qo‘shimcha vazifalari etib belgilanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
  2. a) davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘nalishida:

mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va ishchi (ekspert) guruhlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va ma’naviy tahdidlarning mohiyatini va aholining turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganib borish;

yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga yo‘naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o‘z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish;

davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash;

  1. b) ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida:

ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish;

ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir xorijiy tajribani o‘rganish, shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash;

maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimi, mahalla va boshqa tuzilmalar kesimida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning monitoringini olib borish, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tarbiya texnologiyalari, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

ma’naviy tarbiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, ularning natijalari amaliyotga tatbiq qilinishini muvofiqlashtirish;

  1. v) targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishida:

ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

sohalar va hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, aniq maqsadga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

aholi, ayniqsa, yoshlarni islom dini va falsafasiga, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.

  1. Markazning ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijtimoiy mavzulardagi dolzarb maqolalar, jamoatchilik vakillarining ilg‘or fikrlari, shuningdek, mafkuraviy jarayonlar tahlili, sohaga oid yangiliklarni to‘plash, tayyorlash va tarqatish maqsadida “oyina.uz” elektron portalini tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.

Portal faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Markazga qo‘shimcha 15 ta shtat birligi ajratilsin va uning tuzilmasida Raqamli targ‘ibot bo‘limi tashkil etilsin.

Markaz Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda portalni ishga tushirish choralarini ko‘rsin.

  1. Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlariga qo‘shimcha 2 tadan, tuman (shahar) bo‘linmalariga aholi soni 200 mingdan ortiq bo‘lganda 2 tadan, 200 mingdan kam bo‘lgan taqdirda esa 1 tadan qo‘shimcha shtat birliklari ajratilsin.

Belgilansinki, mazkur shtat birliklari mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi.

  1. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining:

“Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasi negizida Markaz huzurida Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutini tashkil etish;

“Tafakkur” va “Ma’naviy hayot” jurnallari hamda “Ma’naviyat” nashriyotini Markaz tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

“Ma’naviyat” nashriyoti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi hisobidan bir oy muddatda 1 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilsin.

  1. Quyidagilar:

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari namunaviy tuzilmalari 4-ilovaga muvofiq;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman (shahar) bo‘linmalarining namunaviy tuzilmalari 5-ilovaga muvofiq;

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. 2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha umumta’lim muassasalarida yoshlar yetakchisi lavozimi 1 ta shtat birligi hisobida saqlanib kelinayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Ta’lim tashkilotlarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:

har bir umumta’lim muassasasida joriy etilgan ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimini moliyalashtirish uchun 2021-yil 1-apreldan boshlab davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 0,5 shtat birligi ajratiladi hamda uning ish haqi miqdori umumta’lim muassasasi oliy ma’lumotli o‘qituvchisi uchun o‘rnatilgan bazaviy tarif stavkasi miqdorida belgilanadi;

davlat oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarida, talabalar sonidan qat’i nazar, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) lavozimi joriy etiladi. Bunda, oliy ta’lim muassasalarida mavjud yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) lavozimi qisqartiriladi.

  1. Markaz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida barcha tuman va shaharlarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

2021 — 2023-yillarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etishning manzilli ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Mazkur maskanlar yangi qurilishlar orqali yoki bo‘sh turgan binolarda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan tashkil etilishi belgilansin.

  1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimining tegishli ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga bakalavriat bosqichida “Ma’naviyatshunoslik”, magistratura bosqichida “Kasbiy ma’naviyat” fanlari kiritilishini hamda magistratura ta’lim bosqichida “PR-menejer” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini yo‘lga qo‘ysin.
  2. Innovatsion rivojlanish vazirligi Markaz bilan birgalikda ikki oy muddatda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni shakllantirsin va belgilangan tartibda moliyalashtirsin.
  3. Toshkent shahar hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, “Ma’naviy hayot” va “Tafakkur” jurnallari tahririyatini joylashtirish uchun bino ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 9-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  6. Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
  7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish, uning ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirishga shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari D.M. Kenjayev belgilansin.

Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                                                                Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 26-mart,

PQ-5040-son

 

 

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

1-ILOVA

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining

TARKIBI

Sh.M. Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika kengashi raisi

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika kengashi raisi o‘rinbosari

Z.Sh. Nizomiddinov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Respublika kengashi raisi o‘rinbosari

A.A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

R.S. Qosimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

X.M. Sultonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

B.A. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari

D.M. Kenjayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari

A.A. Azizov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

N.T. Yo‘ldoshev

Bosh prokuror

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

A.X. Kamilov

tashqi ishlar vaziri

B.N. Kurbanov

mudofaa vaziri

R.K. Davletov

adliya vaziri

A.X. Toshqulov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

Sh.X. Shermatov

xalq ta’limi vaziri

A.V. Shin

maktabgacha ta’lim vaziri

A.M. Xadjibayev

sog‘liqni saqlash vaziri

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

Sh.M. Sadikov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

I.Y. Abduraxmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

R.S. Mamatov

mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri

B.S. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

A.B. Nuriddinov

Badiiy akademiya raisi

M.B. Azimov

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

Sh.D. Kudbiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

A.T. Axmedov

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi

R.D. Kurbanov

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

A.A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori

F.F. Abduholiqov

“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori

A.K. Ko‘chimov

Milliy axborot agentligi bosh direktori

A.Sh. Bekmurodov

Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

Sh.Sh. Minovarov

Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

Q.M. Rafikov

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi

A.D. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

S.S. Saidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

S. Turdiyev

“Nuroniy” fondi raisi

M.M. Xojimatov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, Respublika kengashi mas’ul kotibi

Izoh: Respublika kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

2-ILOVA

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining

TAShKILIY TUZILMASI

                                                           
                 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi

                 
                                   
                                                           
             

 

                                           
 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

       

Vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari

 
           
                                                           
 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari

       

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari

 
           
                                       

 

                 
 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman (shahar) bo‘linmalari

       

Tuman (shahar) Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari

 
           
                                                           

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

3-ILOVA

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining

TUZILMASI

                                                                                                                             
                                               

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

         

Yordamchi

1

             
                                                                       
                                                                                                     

 

                     
                                                                                                                             
 

Rahbarning birinchi o‘rinbosari

1

   

Rahbar o‘rinbosari

1

   

Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi

1

                           
             

“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati

 
                                                                                                     
 

Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy targ‘ibot bo‘limi

3

       

Multimedia studiyasi

10

   

 

                                                     
                 

Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi

1

                           
                                                 

Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi

 
         

Raqamli targ‘ibot bo‘limi

15

                                   
                                                                                                 
 

Hududlar, vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi

4

               

Axborot-tahlil va ijro nazorati bo‘limi

5

                           
                                                 

“Tafakkur”, “Ma’naviy hayot “, “Jahon adabiyoti” jurnallari, “Ma’naviyat” nashriyoti

 
         

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘limi

3

                                   
                                             
                                                                                                 
 

Ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi

4

               

Kadrlar bo‘limi

2

                           
                                                                         
         

Tarjima bo‘limi

3

                                   

Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti

 
                 

Ishlar boshqarmasi

2

                           
                                                                                                     
 

Mahalla va jamoat tashkilotlari bilan ishlash bo‘limi

3

       

Xalqaro aloqalar bo‘limi

1

                                                           
                 

Moliya-iqtisod bo‘limi

3

                           
                                                                         
                                                                                                     
 

Harbiy vatanparvarlik bo‘limi

3

                                                                                               
                                             

Yuriskonsult

1

                           
                                                                                                     
 

Madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi

4

                                                                                               
                                             

Birinchi bo‘lim

1

                           
                                                                         
                                                                                                 
                                                                         

Devonxona

2

                           
                                                                                                     
                                                                                                                             

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 75nafar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

4-ILOVA

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari

NAMUNAVIY TUZILMASI

                                                                                               
                                 

Bo‘lim rahbari

                                 
                                                                   
                                                                                               
                                                                                               
 

Targ‘ibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis

1

   

Ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini monitoring qilish bo‘yicha bosh mutaxassis

1

   

Bosh buxgalter

1

 
           
                                                                                               
                 

Targ‘ibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha yetakchi mutaxassis*

1

   

Kadrlar va aholi murojaatlari bo‘yicha yetakchi mutaxassis

1

                 
                                       
                                                                                               

Hududiy bo‘limlar xodimlarining cheklangan soni — 80 nafar.

* yetakchi mutaxassis lavozimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar bo‘limlarida joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

5-ILOVA

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman (shahar) bo‘linmalari

NAMUNAVIY TUZILMASI

                                                           
                 

Bo‘linma rahbari

                 
                                   
                                                           
 

Targ‘ibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis

1

       

Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy

ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha yetakchi mutaxassis*

1

 
           
                                                           

*aholi soni 200 mingdan oshgan tuman (shahar) bo‘linmalarida joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

6-ILOVA

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha

“YO‘L XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tuman (shahar)lari hamda barcha vazirlik va idoralar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida an’anaviy tarzda “Eng namunali tuman”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali muassasa” tanlovlarini tashkil etish.

1. Hamkor vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida tashkiliy qo‘mitani tashkil etish.

2021-yil aprel

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat organlari va tashkilotlari

2. Tanlov nizomini ishlab chiqish.

 

3. Tanlovni o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash.

har yili oktyabr — dekabr oylarida

2.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida hududlar, vazirlik va idoralardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini muntazam o‘rganish va tahlil etib borish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi monitoring guruhini tashkil etish.

1. Yo‘nalishlar bo‘yicha ekspertlarni jalb qilgan holda monitoring guruhini tashkil etish.

2021-yil aprel

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov), tegishli vazirlik va idoralar

2. Monitoring natijalari bo‘yicha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashiga tahliliy axborotlar kiritib borish.

doimiy

3.

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida xorijiy olim va adiblar ishtirokida “O‘zbek tili va adabiyotini jahon miqyosida targ‘ib etish: natija va vazifalar” mavzusida xalqaro ilmiy-ma’rifiy anjuman o‘tkazish.

1. Ilmiy-amaliy anjumanni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibini shakllantirish.

2021-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti (Mahmudov), Yozuvchilar uyushmasi (Saidov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov)

2. Ilmiy-amaliy anjuman konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish.

sentyabr

3. Ilmiy-amaliy anjumanni o‘tkazish va tavsiyalarini ishlab chiqish.

oktyabr

4.

“Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 8 — 11-moddalarida belgilangan vazifalar ijrosini va natijalarini tahlil qilish hamda xorijiy tajribani o‘rganish, zarur hollarda, qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif ishlab chiqish.

1. Qonun ijrosini o‘rganish bo‘yicha ekspertlar guruhini shakllantirish.

2021-yil may

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Adliya vazirligi (Davletov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov)

2. Qonunning 8 — 11-moddalarida belgilangan vazifalar ijrosini va natijalarini o‘rganish hamda tahlil qilish.

iyun-iyul

3. Tahlil natijalari asosidatakliflar tayyorlash.

avgust

5.

Barcha mahallalarni qamrab oluvchi markazlashgan kutubxonalar tizimini manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida yaratish bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganish va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

1. Manfaatdor idoralar hamkorligida markazlashgan kutubxonalar tizimini yaratish bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganish.

2021-yil aprel — iyun

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (Raxmatov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov)

2. Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

iyul

6.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari, doktorant va izlanuvchilarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Uchinchi Renessans — yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanlovini an’anaviy tarzda o‘tkazish.

1. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tashkiliy qo‘mitani shakllantirish.

2021-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov)

2. Tanlovni har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib borish.

3. Tanlov g‘oliblari takliflarini amaliyotga tatbiq etish choralarini ko‘rish.

doimiy

7.

Markazning hududiy bo‘lim va bo‘linmalarini zarur xizmat xonalari, avtotransport, mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va Internet tarmog‘i bilan ta’minlash.

1. Markazning hududiy bo‘lim va bo‘linmalarida mavjud moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish.

2. Xatlov natijasiga ko‘ra mavjud ehtiyojni va talab etiladigan mablag‘larni aniqlash.

2021-yil aprel

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov)

3. Markazning hududiy bo‘lim va bo‘linmalarini zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash.

avgust

8.

Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etish bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqish.

Dasturda birinchi va ikkinchi Renessans davrlari namoyandalari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazishni nazarda tutish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish va qo‘shma dastur ishlab chiqish.

2021-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov), Tarix instituti (Ziyo), O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi (Ismoilova), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (Xasanov)

2. Har bir Renessans davri uchun yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlar materiallarini to‘plam holida nashr etish va tarq�tish.

doimiy

9.

“Amir Temur — dunyo olimlari va adiblari nigohida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish.

1. Konferensiyani o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani shakllantirish hamda konferensiya dasturi va ramziy belgisini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov), Qashqadaryo viloyat hokimligi (Mirzayev)

2. Konferensiyani Qashqadaryo viloyatida o‘tkazish.

sentyabr

10.

“Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini o‘rganish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish.

1. Konferensiyani o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani shakllantirish hamda konferensiya dasturi va ramziy belgisini ishlab chiqish.

2021-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov), Xorazm viloyat hokimligi (Ermonov)

2. Konferensiyani Xorazm viloyatida o‘tkazish.

3. Jaloliddin Manguberdi to‘g‘risida tarixiy-hujjatli film yaratish va anjuman doirasida namoyish etish.

noyabr

11.

“Jadid ma’rifatparvarlari g‘oyalaridan yosh avlod tarbiyasida foydalanish” mavzusida innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish.

1. Tadqiqotchilar guruhini shakllantirish.

2. Innovatsion tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

3. Ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqot ishlari bo‘yicha muhokamalar, davra suhbatlari, amaliy seminarlar o‘tkazish.

2021-yil may — dekabr

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov), Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (Xasanov), Tarix instituti (Ziyo), Yozuvchilar uyushmasi (Saidov)

12.

“Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” asosida ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida uzluksiz tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadida chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

1. Hamkor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2021-yil aprel

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov)

2. Dastur loyihasini tayyorlash va kelishish.

iyun

3. Dasturni tasdiqlash va uni amalga oshirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish.

sentyabr

4. Dastur ijrosi bo‘yicha doimiy monitoringni yo‘lga qo‘yish.

doimiy

13.

Ilm-fan, san’at va madaniyat, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi turli sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor va fidoyi yoshlar o‘rtasida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish tartibi, asosiy yo‘nalishlarini belgilash.

2. Tashkiliy qo‘mita va har bir yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruhlarini shakllantirish.

2021-yil may

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Badiiy akademiya (Nuriddinov), Yozuvchilar uyushmasi (Saidov)

3. Loyihani amalga oshirish.

doimiy

14.

Milliy tarbiya an’analari, vositalari, shakllarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tajribalar, to‘plangan tarbiyaviy meros asosida ko‘p jildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni yaratish.

1. Mualliflar guruhini tuzish.

2. Milliy tarbiya namunalarini o‘rganish bo‘yicha etnopedagogik ekspeditsiyalar dasturini ishlab chiqish.

3. Ekspeditsiya natijalari bo‘yicha ko‘p jildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni nashrga tayyorlash, chop etish hamda shu asosda multimedia mahsulotlari va mobil ilovalar turkumini yaratish.

2021 — 2025-yillar

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov)

15.

“Ma’naviyat lug‘ati”ning to‘ldirilgan yangi nashriniyaratish.

1. Ijodiy guruh tuzish.

2. Ma’naviyat va ma’rifat sohasiga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2021-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov)

3. Yangi tahrirdagi lug‘atni tayyorlash va chop etish.

sentyabr

16.

Temurbeklar maktablarida Sohibqiron Amir Temurning mardona ruhi, jasorati, sarkardalik mahorati, Vatanga bo‘lgan buyuk sadoqati, yuksak ma’naviy fazilatlarini yoshlar ongi va qalbiga singdirishga qaratilgan turkum tadbirlarni tashkil etish.

1. Tadbirlar ssenariysi, ko‘rgazmali vositalar tayyorlash.

2021-yil iyun

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov), Mudofaa vazirligi (Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Qo‘ldoshev), Milliy gvardiya (Djurayev)

2. Tadbirlarni o‘tkazish.

sentyabr — noyabr

17.

“Ma’naviyat” nashriyotini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tasarrufiga o‘tkazish va uning faoliyatini rivojlantirish choralarini ko‘rish.

1. Nashriyotni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tasarrufiga o‘tkazish.

2. Nashriyotni xususiylashtiriladigan davlat aktivlari ro‘yxatidan chiqarish.

3. Nashriyotni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov)

18.

“Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasi negizida Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutini tashkil etish.

1. Institutni tashkil etish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil mart

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Institutning ta’sis hujjatlarini qabul qilish

aprel

19.

Internetning milliy segmentini aholining turli yosh guruhlari uchun qiziqarli axborot resurslari va dasturlar bilan boyitish.

1. Milliy axborot resurslarini kengaytirishga qaratilgan dasturni shakllantirish.

2021-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev),Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov)

2. Internetning milliy segmentini bilan boyitib borish.

dastur asosida

20.

Yurtimiz tarixi, madaniy merosimiz, odob-axloq qoidalari, milliy qadriyatlar, ezgu fazilat va an’analarni yosh avlod qalbiga singdirish maqsadida bolalarning qiziqishi va yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, qisqa metrajli animatsion multimedia mahsulotlari, mobil ilovalarni yaratish.

1. Innovatsion loyihalar mavzularini shakllantirish.

2. Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tanlov e’lon qilish.

2021-yil aprel-may

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xojimatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), “O‘zbekkino” Milliy agentligi (Abduxalikov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

3. Tanlov asosida qisqa metrajli animatsion multimedia mahsulotlari, kompyuter o‘yinlari, mobil ilovalarni yaratish.

2022-yil fevral

21.

“O‘zbekistonda 2021 — 2030-yillarda tarix fanini rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2021-yil aprel

Ijrochilar mablag‘lari

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov)

2. Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

iyun

3. Konsepsiya loyihasini belgilangan tartibda Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tomonidan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

iyul

22.

Buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosini o‘rganish yuzasidan fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, ularning natijalari asosida ilmiy-ommabop kitob va risolalarni nashrga tayyorlash, chop etish va keng ommaga yetkazish.

1. Tegishli chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2021-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (Axmedov)

2. Chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

iyul

3. Kelishilgan chora-tadbirlar loyihasini belgilangan tartibda Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tomonidan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

avgust

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

7-ILOVA

2021 — 2023-yillarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etishning manzilli

ro‘yxati

T/r

Hududlar

Barpo etiladigan maskanlar soni

shundan:

2021-yil

2022-yil

2023-yil

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

16

4

6

6

2.

Andijon viloyati

17

4

7

6

3.

Buxoro viloyati

13

3

5

5

4.

Jizzax viloyati

13

3

5

5

5.

Navoiy viloyati

11

3

4

4

6.

Namangan viloyati

13

3

5

5

7.

Samarqand viloyati

16

4

6

6

8.

Sirdaryo viloyati

11

3

4

4

9.

Surxondaryo viloyati

15

3

6

6

10.

Toshkent viloyati

22

6

8

8

11.

Toshkent shahar

1

1

   

12.

Farg‘ona viloyati

19

5

7

7

13.

Qashqadaryo viloyati

15

3

6

6

14.

Xorazm viloyati

13

3

5

5

Jami

195

48

74

73

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

8-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan

o‘zgartirish va qo‘shimchalar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-son qarori 7-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “Markaz xodimlariga” so‘zlari “Markaz, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari xodimlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalariga yuklanadi”.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarori 11-bandida:

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2021-yilda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari xodimlari yillik ish haqi fondining 25 foiziga, 2022-yildan boshlab esa — 50 foiziga teng miqdordagi mablag‘lar”;

beshinchi xatboshidan “b) umumta’lim muassasalari direktorlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun” so‘zlari chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasining mablag‘lari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi xodimlari, jumladan metodistlari hamda umumta’lim muassasalari direktorlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlariga yo‘naltiriladi”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

9-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

RO‘YXATI

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-son qarori 5-bandi va qarorga 1 — 4-ilovalar.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son qarori 3 va 10-bandlari hamda qarorga 2-ilova.

 

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)

 

manba:lex.uz


conv
conv
phone