163 marta ko'rildi
Nashr etilgan 04/05/2021 - 12:34

Amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Joriy yilning 30 aprel kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida “Respublika aholisini ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash va narxlar barqarorligini saqlash” mavzusida Elektron ommaviy axborot vositalarining milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

 

ahonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining pasayish tendensiyasi 2020 yil may oyidan boshlab o‘sish tendensiyasiga o‘zgardi va hozirga qadar saqlanib qolmoqda.

Bu holat, 2020 yil mart-aprel oylarida dunyo bo‘ylab global pandemiyaning tarqalishini keskin oshishi bilan bir vaqtda sodir bo‘ldi.

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lgan bug‘doy, o‘simlik yog‘i, shakar, go‘sht va kartoshka mahsulotlari bo‘yicha respublika ichki iste'mol talabini mahalliy resurslar hisobidan ta'minlash imkoniyati cheklanganligi sababli, mazkur mahsulotlar narxi tashqi bozor kon'yunkturasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq holda shakllanmoqda.

Ushbu mahsulotlarga jahon bozoridagi talab va taklifning holati tahliliga ko‘ra, bug‘doy, go‘sht va guruchga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasida mutanosiblik kuzatilgan bo‘lsa, shakar va kungaboqar yog‘ida talab va taklif o‘ziga xos harakatlangan.

Xususan, butun dunyoda shakar ishlab chiqarish hajmi 3,4 foizga qisqargan bo‘lsa, import hajmi 6,9 foizga oshgan, kungaboqar yog‘ida ishlab chiqarish hajmi 9,4 foizga, import hajmi esa 15,6 foizga qisqargan (1-jadval).

Natijada, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yil mart 2021 yil fevral davrida oziq-ovqat narxlari indeksi 24,6 foizga, xususan boshoqli ekinlar 26,5 foiz, o‘simlik yog‘i 86,3 foiz, shakar 30,1 foiz oshganligi kuzatilgan.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining jahon bozoridagi narxining oshishiga ta'sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan yana biri sifatida yirik ishlab chiqaruvchi va eksporter davlatlarning milliy valyutalarini AQSH dollariga nisbatan mustahkamlanishini keltirish mumkin.

Xalqaro birjalarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining AQSH dollarida yuritilishi inobatga olinsa, mazkur holat jahon narxlariga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda AQSH dollari indeksi (DXY) 2020 yilning mart oyiga nisbatan 4,3 foizga pasaygan bo‘lsa, tegishli davrda O‘zbekistonda AQSH dollarining milliy valyutamizga nisbatan mustahkamlanganligini ko‘rish mumkin (valyuta kursi 9 518 so‘mdan 10 504 so‘mga, ya'ni 10,4 foizga oshgan).

Ushbu holat respublikamizga import qilinayotgan tovarlar narxiga ikki tomonlama ta'sir ko‘rsatganligini alohida qayd etish lozim.

2021 yilning yanvar-mart oylarida respublikada inflyatsiya darajasi 2,5 foizni (2020 yilning mos davrida -2,8%) tashkil etib, jumladan oziq-ovqat mahsulotlari 3,1 foizga, xususan, go‘sht mahsulotlari 1,9 foiz (shu jumladan parranda go‘shti -7,3 foiz), kartoshka 4,8 foiz, shakar 5,0 foizga, yog‘ mahsulotlari 4,7 foizga oshganligi kuzatildi.

 

Respublikada shakar mahsuloti to‘laligicha import xomashyosi asosida ishlab chiqarilmoqda. Shu sababli, mazkur mahsulotning ichki bozordagi narxlari tashqi bozor kon'yunkturasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq holda o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

Xalqaro tovar-xomashyo birjasida shakar narxining 2020 yil dekabr oyidagi 310 dollardan joriy yil yanvar oyida

335 dollargacha ko‘tarilishi ichki bozordagi narxlarga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatdi.

Xususan, o‘tgan yili dekabr oyida shakarning o‘rtacha narxi

7 025 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil yanvar oyida

7 921 so‘mgacha, bugungi kunda esa 8 123 so‘mgacha oshganligi kuzatilmoqda.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan joriy yil yanvar-25 aprelgacha bo‘lgan davrda 164,4 ming tonna shakar xomashyosi import qilingan va tayyor shakar mahsuloti ishlab chiqarish uchun yo‘naltirilgan.

Shuningdek, xalqaro treyderlar bilan joriy yil oktyabr oyiga qadar 356,0 ming tonna shakar xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomalari imzolangan.

Joriy yil yanvar-25aprel davrida qilingan tayyor shakar hajmi 22,8 ming tonna yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan

67,6 foizga qisqargan.

Mamlakat iste'mol bozorida o‘simlik yog‘iga bo‘lgan o‘rtacha yillik ehtiyoji (460 ming tonna)ning o‘rtacha 50 foiz qismi import hisobidan qoplanadi.

2020 yilda kungaboqar yog‘i importi hajmi 249 ming tonnani yoki 2019 yilga (234,8 ming tonna) nisbatan 14 ming tonnaga ko‘proqni tashkil etdi. Shuningdek, joriy yilning boshidan 21 aprelga qadar

70 ming tonna yoki o‘tgan yilning mos davriga (67 ming tn.) nisbatan

5 foizga ko‘p kungaboqar yog‘i import qilingan.

Importning 70 foizi Rossiya, 24 foizi Qozog‘iston hamda

6 foizi Ukraina hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, 2019-2020 yillarda jami 395 ming tonna

(yoki yiliga o‘rtacha 198 ming tonna) kungaboqar doni import qilinib, ushbu ko‘rsatkich 2018 yilga (200 ming tonna) nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qolgan. Joriy yil boshidan 25 aprelga qadar mahalliy korxonalar tomonidan 57 ming tonna kungaboqar doni import qilinib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 foizga oshgan.

Xususan, jahon birjalaridagi o‘simlik yog‘i narxi 2020 yilning fevral oyida bir tonna uchun o‘rtacha 759 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil fevral oyida 1 387 dollargacha oshgan.

Mamlakatimizda kungaboqar yog‘i narxi o‘tgan bir yil davomida o‘rtacha 38 foizga qimmatlashgan.

Xususan, Rossiyadan import qilingan bir tonna kungaboqar yog‘i narxi 2020 yil dekabr oyida o‘rtacha 900 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yil mart oyida 1 250 dollargacha yoki 39 foizga oshdi.

Shu bilan birga, Rossiya hukumati tomonidan joriy yil

1 sentyabrdan bir yil muddatga kungaboqar yog‘ini eksport qilishda boj to‘lovining joriy qilinishi kutilmoqda.

Bunda, 1 tonna kungaboqar yog‘i uchun bazaviy narx 1 000 dollar darajasida belgilanib, eksport qilishda ushbu summadan oshgan qismining 70 foizi miqdorida eksport boji belgilanishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, Rossiya hukumati tomonidan joriy yilning 1 iyulidan boshlab kungaboqar doni uchun eksport bojini 50 foizgacha lekin

320 yevro/tonnadan kam bo‘lmagan darajagacha oshirish rejalashtirilmoqda (amalda 30 foiz, lekin 165 yevro/tn. dan kam bo‘lmagan miqdorda).

AQSH Qishloq xo‘jaligi departamentining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda 50 mln.tonna yoki o‘tgan yilga nisbatan 9,1 foiz kamroq kungaboqar doni yetishtirilishi kutilmoqda.

Buning natijasida ishlab chiqariladigan kungaboqar yog‘i hajmi joriy yilda dunyo bo‘yicha 19,3 mln.tonnani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan (21,5 mln.tonna) 10 foizga qisqarishi prognoz qilinmoqda.

Tashqi bozorlarda mavjud risklarni inobatga olgan holda hamda yog‘-moy korxonalarining xomashyo bazasini mustahkamlash maqsadida joriy yilda 125,3 ming gektar asosiy, 21,4 ming gektar lalmi va 58,3 ming gektar takroriy maydonlarda moyli ekinlar (110 ming gektarga ko‘p) ekiladi.

Shu bilan birga, aholining o‘simlik yog‘iga bo‘lgan ehtiyojini kafolatli ta'minlash maqsadida respublika hukumati tomonidan joriy yil 1 maydan 31 dekabrgacha bo‘lgan muddatda o‘simlik o‘simlik yog‘i va kungaboqar urug‘i importiga hamda ichki bozorda realizatsiyasiga belgilangan qo‘shilgan qiymat solig‘ini bekor qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Ichki bozordagi kartoshka narxi bo‘yicha tendensiyalar shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy yil boshida 1 kg kartoshkaning o‘rtacha narxi

4 247 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, uning narxi

3 000 so‘mdan 5 500 so‘mgacha bo‘lgan oraliqda tebranmoqda.

Joriy yilning yanvar-25 aprel davrida tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan jami 211,5 ming tonna kartoshka import qilinib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,3 foizga oshgan.

Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, kartoshka narxining oshishi ob-havo sharoiti tufayli hosilning ko‘p qismi qor tagida qolib ketganligi va ekin maydonlarining qisqarishi bilan izohlanadi.

Ma'lumot uchun: Rossiyada 2020 yilda 2019 yilga (7,5 mln.tonna) nisbatan 11,3 foizga kam hosil olingan.

Kartoshka narxining barqarorligini ta'minlash uchun joriy yilda 51 ming gektar asosiy va 33 ming gektar takroriy maydonlarga kartoshka (19 ming gektarga ko‘p) ekilishi ta'minlanadi.

O‘tgan yillarda ichki bozorda go‘sht narxidagi tendensiyalarni inobatga olgan holda joriy yilda narx barqarorligini ta'minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2020 yilda go‘sht importi hajmi 56,1 ming tonnani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 marta oshgan bo‘lsa, joriy yilning 25 aprel holatiga 23,7 ming tonna go‘sht (shu jumladan,

8,1 ming tonna mol go‘shti, 15 ming tonna parranda go‘shti) import qilinib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 marta o‘sgan.

Ma'lumot uchun, Atameken Business ma'lumotiga ko‘ra Qozog‘iston Respublikasining Akmolin va Chimkent viloyatlaridan O‘zbekistonga tirik chorva mollari va go‘sht mahsulotlarini keltirish bo‘yicha 2020 yilda joriy qilingan cheklovlar bekor qilinib, mahsulot yetkazib berish qayta tiklandi.

Ichki bozorda go‘sht mahsulotlari narxining barqraorligini ta'minlash va chorvachilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida jami 339,7 ming gektar asosiy, 131,2 ming gektar lalmi va 176,4 ming gektar takroriy maydonlarda ozuqa (o‘tgan yilga nisbatan 132 ming gektarga ko‘p) yetishtirilishi ta'minlanadi.

Shuningdek, 2021 yilda chorvachilik yo‘nalishida 1057 ta, parrandachilik yo‘nalishida 277 ta loyiha amalga oshirilishi hisobiga 13,3 ming tonna go‘sht, 608 ming tonna sut, 2,9 mlrd.dona tuxum va 14 ming tonna parranda go‘shti yetishtiriladi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

 

manba:Mineconomy.uz


conv
conv
phone