1451 marta ko'rildi
Nashr etilgan 01/02/2019 - 20:43

BEKTEMIRDA 12 TA INVESTITSIYA LOYIHALARI MUHOKAMA QILINDI

Bektemir tumani hokimligida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish va monitoring qilish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumanda 2019 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 12 ta investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Loyihalar tumanda ijtimoiy soha ob'yektlari, xususan savdo va ko‘ngil ochar maskanlar va yangi korxonalarni barpo etishni ko‘zda tutadi.

Yig‘ilish davomida tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib bajaralishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi. Bu borada mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

http://tashkentnews.uz/


conv
conv
phone