425 marta ko'rildi
Nashr etilgan 22/12/2021 - 13:35

Buyuk Britaniyaning “AVDO Consulting LTD” konsalting kompaniyasi mutaxasislari bilan kengaytirilgan yig‘ilish.

17 dekabr kuni Toshkent shahar hokimligida Buyuk Britaniyaning “AVDO Consulting LTD” konsalting kompaniyasi mutaxasislari bilan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi “Xizmatlar soxasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5113-son qarori hamda Toshkent shahar hokimining 2021 yil 13 dekabrdagi “Toshkent shahrining xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Qarorda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilangan. Xususan, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xizmatlar sohasini muhim drayverga aylantirish va 2023 yilga qadar xizmatlar hajmini ikki baravarga oshirish asosiy vazifa sifatida belgilangan.

Yig‘ilishda prezident qarorining mazmun mohiyati va unda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Qayd etilishicha, endilikda Buyuk Britaniya “AVDO Consulting LTD” konsalting kompaniyasi poytaxt hokimligi mas’ullari bilan birgalikda shahrimizning xizmat ko‘rsatish sohasini atroflicha o‘rganadi va istiqbolli yo‘nalishlar borasida xulosa tayyorlaydi. Kompaniya xulosalari Toshkentda xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish uchun tavsiya bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbirda “AVDO Consulting LTD” konsalting kompaniyasi direktori Dmitriy Avdosev hamda ushbu kompaniyaning Markaziy Osiyodagi vakili Zuhra Abdurahmonova Toshkent shahrida xizmatlar sohasining iqtisodiyotidagi ulushini ko‘paytirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish, xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha oldindan tayyorlagan taqdimotlarini namoyish etdilar va bu taqdimot poytaxtimizda olib boriladigan o‘rganishdan keyin yana to‘ldiriladi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Djuraev, Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi hamda Toshkent shahar hokimligi Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar bo‘limining mas’ullari ishtirok etdilar.


conv
conv
phone