23 marta ko'rildi
Nashr etilgan 21/06/2022 - 20:28

Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish

2022 yil 20 iyun kuni Yashnobod tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazida mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari uchun “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari, davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va unga qarshi kurashish bo‘yicha ijobiy xulqni shakllantirish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Toshkent shahar hokimligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Turdikulov, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas’ul xodimlari – Oybek Abdug‘aniev, Muhammadali Asrorov, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Eshboev, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining xududiy boshqarmasi hamda barcha tumanlardagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari xodimlari, shuningdek, Bektemir, Mirobod, Yakkasaroy, Yangihayot va Yashnobod tumanlari mahalallarida ishlayotgan hokim yordamchilari ishtirok etdilar.

Seminarda mamlakatimizning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, bu boradagi qonunchilik va olib borilayotgan keng ko‘lamli tizimli ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy mexanizmlarni joriy etish yo‘nalishidagi ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda iqtisodiyot va bank-moliya tizimi xodimlari va hokim yordamchilari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar tahlili atroflicha ko‘rib chiqildi. Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar va ular uchun belgilangan javobgarlik xususida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida “Vijdon saratoni” nomli film namoyish etildi.

 

manba:www.tashkent.uz


conv
conv
phone