201 marta ko'rildi
Nashr etilgan 16/03/2022 - 18:22

Hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari uchun seminar-trening

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari uchun seminar-trening

Joriy yilning 15-martida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari uchun seminar-treningning 2-kuni bo‘lib o‘tdi.

      Seminar-trening bir qator vazirlik va idoralarning ma’ul vakillari, xususan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Saidqahhor Xolxo‘jayev, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Burxon Normirzayev, Xalq banki raisining birinchi o‘rinbosari Zafar Azimov va Davlat boshqaruv Akademiyasi profeser o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazildi.

   Seminar-trening davomida davlat siyosatini mahallagacha tushirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, bu orqali kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, ishsiz aholini munosib ish joylari bilan ta'minlash, ularni kasbga va tadbirkorlikka o‘qitish hamda vaqtinchalik haq to‘lanadigan ishlarga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, seminarda ishsizlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadini oshirish va tadbirkorlikka jalb qilish, aholini tadbirkorlikka o‘qitish hamda kambag‘allikdan chiqarish borasida fikr almashildi.

Bundan tashqari, seminar ishtirokchilariga loyihalarni tanlab olish va oilaviy tadbirkorlikka ko‘maklashish dasturlari doirasida kreditlarni o‘z vaqtida to‘lashda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar haqida ma’lumot berildi hamda ishtirokchilar hududlar tadbirkorlari oldida turgan muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, tadbirkor bo‘lish, konstruktiv hamkorlik va jamoani samarali shakllantirish uchun qanday fazilatlarga ega bo‘lish kerakligi haqida treninglar o‘tkazildi.

O‘z navbatida, hududlarda yuqori natijalarga erishgan va mavjud muammolarni ijobiy hal etgan hokimning birinchi o‘rinbosarlari o‘z tajriba va ko‘nikmalari bilan bo‘lishdilar. Shu bilan, birga mavjud muammolarni o‘quv-seminari yakuniga qadar chuqur o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati


conv
conv
phone