116 marta ko'rildi
Nashr etilgan 25/05/2022 - 19:25

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz va elektr energiyasiga to’lov narxlari oshirilishi bo’yicha xabarlar tarqalmoqda

Aziz yurtdoshlar!

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz va elektr energiyasiga to’lov narxlari oshirilishi bo’yicha xabarlar tarqalmoqda.
Sizga shuni ma’lum qilamizki, ayni kunlarda aholi va iqtisodiy tarmoqlarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi ish jarayonida va hujjatning loyihasi muhokama uchun https://regulation.gov.uz/oz ga joylashtiriladi va barchaning fikr va takliflari ko’rib chiqiladi.

Hurmat bilan
Axborot xizmati

manba:mineconomy.uz


conv
conv
phone