Toshkent shahrida oziq-ovqat ta’minotini yanada yaxshilash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash maqsadida, ulgurji xarid qilib, arzonlashtirilgan narxlarda qayta savdosini tashkil etish uchun Toshkent shahar hokimligi qoshidagi “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK birlamchi oziq-ovqat mahsulotlaridan o‘simlik yog‘i va shakar bo‘yicha yetkazib beruvchi ta’minotchi korxonalar bilan ochiq tanlov savdolarini o‘tkazadi.
Tanlov savdolarida g‘olib bo‘lgan korxona va tashkilotlarga Toshkent shahar oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tovar narxining 30 foiz miqdorigacha subsidiya shaklida to‘lov amalga oshiriladi. Mazkur ochiq tanlov savdolarida qatnashish uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi korxona va tashkilotlarni taklif etamiz.
Savdolarda qatnashish istagini bildirgan tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
Tanlovda qatnashuvchilar joriy yilning 2 aprel kuni soat 18:00 ga qadar yetkazib beruvchi korxona nomi, mahsulot turlari, hajmi hamda narxlarini ko‘rsatilgan tartibda tijorat taklifini 2 ta konvertga alohida-alohida solib, muhr va imzolangan holda murojaat qilishlari mumkin. Tanlov savdolari 2022 yilning 4 aprel kuni soat 16:00 da bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov shoh ko‘chasi 55-uy, 9-qavat 908-xona. S.Yu.Karimov Tel. (90) 189-94-89
manba:www.tashkent.uz