Joriy yilning 15-noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mehmonlar tomonidan Jahon bankining hamkor guruhrahbari, bosh iqtisodchisi Kordula Rastogi va Daniel Saslavskiy, bojxona mutaxasisi Maykl Zarnowiecki, hamda yetakchi mutaxasis Devid Stiven ishtirok etdilar.
Uchrashuv boshida savdo, transport va logistikani tartibga soluvchi qoidalar bo‘yicha amaldagi siyosat masalalari ham qayd etildi. Xalqaro transport va logistika masalalari ham muhokama qilinadigan asosiy mavzulardan biriga aylandi.
Uchrashuv davomida eksportni ko‘paytirish, sektorni moliyalashtirish bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi,
- ehtiyojlar va moliyalashtirish manbalari;
- rejalashtirish va byudjetlashtirish uchun huquqiy va institutsional asos;
- transport infratuzilmasida davlat korxonalarining roli;
- sektorda xususiy ishtirok etish imkoniyatlari;
Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi