129 marta ko'rildi
Nashr etilgan 20/07/2022 - 12:34

Joriy yilning 1–17-iyul kunlari davomida narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

Joriy yilning 1–17-iyul kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

 

Ushbu davr mobaynida bozorda bulg‘or qalampiri (qizil) mandarin va olma 2 500 so‘mga, kartoshka (yangi hosil, import) hamda karam 250 so‘mga, pomidor (qizil) 500 so‘mga arzonlagan.

Shu bilan birga, kivi 8 500 so‘mga, limon 7 500 so‘mga, baqlajon 4 100 so‘mga, sarimsoq piyoz 3 500 so‘mga, mosh 3 000 so‘mga, turp 2 750 so‘mga, loviya va guruch (alanga) 1 500 so‘mga, guruch (lazer) 1 000 so‘mga, bodring va bulg‘or qalampiri (yashil) 500 so‘mga hamda lavlagi 250 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1–17-iyul kunlari umumiy qiymati 51 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,3 mln dollar ko‘pjami 78,5 ming tonna (2,0 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. 

Xususan, mazkur davrda 11,2 ming tonna olxo‘ri, 9,0 ming tonna tarvuz8,5 ming tonna qovun6,2 ming tonna piyoz4,8 ming tonna uzum3,1 ming tonna sabzi2,6 ming tonna olma, 1,7 ming tonna shaftoli1,3 ming tonna pomidor tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 3,2 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,8 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 5,2 ming tonna (43,8 tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 1,9 ming tonna banan, 1,5 ming tonna kartoshka163 tonna olma156 tonna apelsin42,7 tonna mandarin import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1–17-iyul kunlari hududlardan jami 16,1 ming tonna, xususan, 5,5 ming tonna kartoshka6,9 ming tonna piyoz604 tonna karam va 3,1 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda: 

Surxondaryodan 3 076 tonna, Toshkent viloyatidan 1 327 tonna, Namangandan 1 043 tonna kartoshka;

Toshkent viloyatidan 5 247 tonna va Surxondaryodan 1 044 tonna piyoz, Jizzaxdan 516 tonna, Namangandan 126 tonna;

Toshkent viloyatidan 604 tonna karam;

Toshkent viloyatidan 874 tonna, Andijondan 451 tonna, Surxondaryodan 436 tonna, Qashqadaryodan 407 tonna, Sirdaryodan 338 tonna Farg‘onadan 300 tonna, Jizzaxdan 245 tonna, sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Pokiston Respublikasidan 55 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–17-iyul kunlari jami 150,1 tonna, shu jumladan 127 tonna mol go‘shti va 23,1 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

manba:mineconomy.uz


conv
conv
phone