322 marta ko'rildi
Nashr etilgan 03/03/2023 - 12:52

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv

 

 

Joriy yilning 28-fevral kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi-sang o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Bazaviy tarmoq va sohalar korxonalari iqtisodiyoti, moliyasi va tarif siyosati departamenti direktori Xurshed Mustafayev, Davlat qarzi departamenti direktori vazifasini bajaruvchi Zarifjon Olimjonov hamda Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, xalqaro reytinglar bilan ishlash departamenti direktori Аjiniyaz Kaypnazarov, shuningdek, mehmonlar tomonidan Janubiy Koreya elchixonasi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi kotibi Li Kil Djunlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikda amalga oshirilib kelinayotgan loyihalar haqida fikr almashib, kelgusidagi maqsad va vazifalarni muhokama qildilar. Xususan, hamkorlikdagi loyihalarning asosiy qismi sog‘liqni saqlash hamda professional taʼlim yo‘nalshlaridan iborat hisoblanadi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini davom ettirish hamda yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi


conv
conv
phone