40 marta ko'rildi
Nashr etilgan 11/05/2022 - 19:55

Korruptsiyaga qarshi murosasiz kurash

Toshkent shahar hokimligida "Tamagirlik holatlariga mutlaqo yoʼl qoʼymaslik va korruptsiyaga qarshi murosasiz kurash" mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Yigʼilishda Toshkent shahar hokimining birinchi oʼrinbosari Hotambek Shakirov, Korruptsiya qarshi Ichki nazorat boʼlimi boshligʼi Shuhrat Turdiqulov, bosh boshqarmalar, boshqarmalar, tashkilotlar rahbarlari hamda tuman hokimlarining birinchi oʼrinbosarlari ishtirok etdi.

Tadbirda Korruptsiya qarshi Ichki nazorat boʼlimi boshligʼi Shuhrat Turdiqulov bugungi kunda korruptsiya va tamagirlikka qarshi murosasiz kurash olib borilayotganiga qaramay, turli mansabdor shaxslar tomonidan oʼz vazifasini suisteʼmol qilish, poraxoʼrlik holatlar uchrayotganligini qayd etib, uning salbiy oqibatlari va buning uchun jazo muqarrarligi haqida maʼlumot berib oʼtdi.

Korruptsiyaga qarshi kurash borasidagi qonunchilik, bu yoʼnalishda olib borilayotgan keng koʼlamli ishlarga toʼxtalib oʼtdi.

Korruptsiyaga qarshi kurashishda rahbarlarning masʼuliyati, ayniqsa, katta ekanligini taʼkidlab, jamoada sogʼlom muhitni yaratish bevosita ularning birlamchi vazifasi ekanligiga alohida eʼtibor qaratdi.

Yigʼilish yakunida tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan turli savollarga javob berildi.

manba:www.tashkent.uz


conv
conv
phone