122 marta ko'rildi
Nashr etilgan 21/06/2021 - 16:20

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Iqtisodiy Kengashining 90-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2021 yil 18 iyunda Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Iqtisodiy Kengashining navbatdagi 90-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Tadbirda, shuningdek Ozarbayjon va Tojikiston Bosh vazirlarining birinchi o‘rinbosarlari, Belarus Bosh vazirining o‘rinbosari, Moldova va Turkmaniston elchixonasi vakillari, Rossiya Bosh vazirining o‘rinbosari, Armaniston Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi, Qozog‘iston Muxtor vakili, Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari - Qirg‘iziston Iqtisodiyot va Moliya vaziri, shuningdek, MDH boshqaruv raisi S. Lebedevlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda MDH davlatlari delegatsiyalari rahbarlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Jumladan, quyidagi masalalar:

MDHga a'zo davlatlarning XXYUK hududida ko‘rgazma va savdo markazlarini tashkil etish;

MDHga a'zo davlatlar soliq organlarining COVID-19 pandemiyasi va uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida;

birinchi bosqich (2021-2025) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi doirasida "MDHga a'zo davlatlar iqtisodiyoti uchun COVID-19 pandemiyasi oqibatida salbiy oqibatlarni kamaytirish chora-tadbirlari" bo‘limini amalga oshirish uchun "Yo‘l xaritasi"ni tasdiqlash;

chigirtka zararkunandalarini fitomonitoring qilish va nazorat qilish milliy dasturini 2026 yilgacha bo‘lgan muddatga ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni tasdiqlash;

MDHga a'zo davlatlarning 2020 yilgacha bo‘lgan davrda yadro energiyasidan tinch yo‘l bilan foydalanish sohasidagi hamkorligining doiraviy dasturi to‘g‘risida;

MDHga a'zo davlatlarning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan mehnat ratsionalizatsiyasi sohasidagi hamkorligining konseptual asoslarini amalga oshirish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar rejasi va boshqa bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tashkiliy masalalarni ham muhokama qildilar, xususan, 2021 yil 10 sentabr kuni Moskva shahrida MDH iqtisodiy Kengashining navbatdagi 91-yig‘ilishini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar iqtisodiy hamkorlikni, jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Iqtisodiy Kengashi doirasida davom ettirishga qaror qildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmat

manba:mineconomy.uz


conv
conv
phone