131 marta ko'rildi
Nashr etilgan 22/06/2021 - 11:51

O‘zbekiston Respublikasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar quyidagi 5 bo‘limlardan iborat:

1. Xorijiy mamlakatlar tajribalari o‘rganildi.

Natijada yashirin iqtisodiyotning xorijiy mamlakatlarda keng tarqalgan jamiyatga va davlatga salbiy ta'siri aniqlab olindi va ular:

· Raqobat muhitining buzilishi va shaffof emasligi;

· Mahsulotlar sifati va miqdorining pasayishi;

· Davlat byudjetiga tushadigan soliq tushumlarining kamayishi;

· Ijtimoiy va iqtisodiy institutlarni qo‘llab-quvvatlash uchun soliq yukini oshirilishi;

· Iqtisodiy o‘sishning sustlashishidan iborat bo‘ldi.

Shu bilan birga, Yashirin iqtisodiyotni baholashning xorijiy mamlakatlarda keng tarqalgan va ko‘p qo‘llaniladigan usullari o‘rganildi va ikki toifaga bo‘linib olindi: bevosita va bilvosita. Bevosita usullar to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatuvlar asosida va soliq tekshiruvlari orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, bilvosita usullar esa tranzaksion metod, valyutaga bo‘lgan

talab metodi, energiya sarfi iste'moli metodi, xarajatlar va daromad statistikalari o‘rtasidagi farq, rasmiy va haqiqiy ishchi kuchi o‘rtasidagi farq va MIMIC modelidan iborat.

2. Birinchi darajada amalga oshirilgan ishlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6098-sonli Farmoni bo‘yicha quyidagi sohalarga yengilliklar berildi:

· Qurilish korxonalariga;

· Umumiy ovqatlanish korxonalariga;

· Rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarga.

Bundan tashqari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi tashkil topgan komissiyalar va tarkibiy tuzilmalar tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

394-sonli Qaroriga asosan, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirish, bank xizmatlarining ommabopligini oshirish, «Yashirin iqtisodiyot» sub'yektlarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish, tashqi savdoda «yashirin iqtisodiyot» ulushini qisqartirish bo‘yicha samarali tizimni joriy etish va «Yashirin iqtisodiyot» ulushini qisqartirish bo‘yicha keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish vazifalari belgilab olindi.

3. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.

Jaxon banki ekspertlari bilan hamkorlikda “2021-2025 yillarda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bo‘yicha Strategiya” va “Yashirin iqtisodiyot ulushini baholash metodikasi” (MIMIC modeli asosida) kabi loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1 sonli qaroriga asosan, korxonalarni tekshirishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy qilish, tekshirishning turlari bo‘yicha tartibni belgilash va “Shubxali” korxonalar tahlili bilan shug‘ullanish vazifalari belgilanib olindi. Shuningdek, vazirlik va idoralar tomonidan yashirin iqtisodiyot ulushi yuqori bo‘lgan sohalar tahlili, amaldagi imtiyozlar va preferensiyalarni bekor qilish, “Risk analysis” dasturining amaliyotga joriy etilishi, kuzatuvlar asosida baholashning dastlabki natijalari, yashirin iqtisodiyotni sanoat bo‘yicha baholash, “pulni yuvish” va noqonuniy pul oqimlariga qarshi kurash choralari, “Cheklar” bo‘yicha sovrinli o‘yinlar va monetar metodda yashirin iqtisodiyotni baholash ishlari amalga oshiridmoqda.

4. Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar

Halqaro tashkilotlar hamkorligida uzoq muddatli konsepsiyasini va baholash metodikasini ishlab chiqish, statistik hisobotlarni qayta ko‘rib chiqish va makro ko‘rsatkichlarda yashirin iqtisodiyot ulushini qamrab olish rejalashtirilmoqda.

Vazirlik va idoralar bilan birgalikda naqd pulsiz hisob kitoblar tizimini rivojlantirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq yukining tengligini ta'minlash, raqobat muhitini yaxshilash va bozorlarni erkinlashtirish va byudjet shaffofligini ta'minlash va fuqarolarning xabardorligini oshirish rejalashtirilmoqda.

5. Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha ko‘rsatkichlar.

Jaxon mamlakatlari bo‘yicha yashirin iqtisodiyot ko‘rsatkichlari AQSHda 8,0%, Braziliyada 36,5%, Ispaniyada 21,7%, Italiyada 19,5%, Portugaliyada 18,5%, Koreyada 18,4%, Xitoyda 14,5%, Kanadada 11,0%, Germaniyada 10,2%, Buyuk Britaniyada 9,6%, Avstraliyada 9,0%, Singapurda 8,6% va Yaponiyada 8,1%ni tashkil etmoqda. O‘rta Osiyo mamlakatlari bo‘yicha esa (MIMIC modeli asosida hisob kitoblar) 2019 yil holatiga O‘zbekistonda 52,11%, Tojikistonda 40,76%, Qozog‘istonda 36,65% va Qirg‘izistonda 30,53% tashqil qilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

manba:Mineconomy.uz


conv
conv
phone