Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 30.12.2021 yildagi VI-53-165-14-0-K/21-son qarori bilan 2022 yil uchun Toshkent shahar mahalliy byudjeti tasdiqlandi.
2022 yil uchun poytaxt va uning tumanlari mahalliy byudjetlari jami 6 trln 44 mlrd so‘m, shu jumladan, Toshkent shahar byudjeti – 4,4 trln so‘m, tumanlar byudjetlari – 1,6 trln so‘m miqdorida tasdiqlandi.
Toshkent shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari prognoziga ko‘ra:
*yalpi hududiy mahsulot (YaHM) – 120 mlrd so‘m;
* YaHM o‘sish sur’ati – 7,5%;
* sanoat mahsulotlarining o‘sish sur’ati – 6,3%;
* xizmat ko‘rsatish sohasi o‘sish sur’ati – 30,1%.
Poytaxt byudjeti daromadlarining asosiy manbalari quyidagicha belgilandi:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq – 728,8 mlrd so‘m;
* aylanmadan olinadigan soliq – 586,8 mlrd so‘m;
* yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i – 567,7 mlrd so‘m;
* davlat boji – 513,9 mlrd so‘m;
* benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiyasidan soliq – 374,4 mlrd so‘m
* jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 373,3 mlrd so‘m.
manba:www.tashkent.uz