328 marta ko'rildi
Nashr etilgan 28/09/2022 - 17:24

PQ-377-son qaror

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-377-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj aholiga subsidiya ajratish orqali qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qancha qulayliklar yaratilib kelinmoqda.

Bugun ham daromadi yuqori bo‘lmagan fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha yana bir muhim qaror qabul qilindi. 

Ushbu qaror qabul qilinishi bilan:

Birinchidan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab uy-joy sotib olishda subsidiya olgan fuqarolarni ipoteka krediti bo‘yicha har oyda to‘laydigan mablag‘larini daromad solig‘idan ozod qilindi. Misol uchun: fuqaroni yillik 73,6 mln so‘mlik daromadiga (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining sakson baravari) soliq solinmaydi. Bu esa davlat tomonidan har bir fuqaroga yiliga 9 mln so‘mlik qo‘shimcha ko‘mak beradi.

Ikkinchidan, 2022-yil 1-noyabrdan boshlab, ko‘plab fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, pardozlanmagan kvartiralarni sotib olishni xohlovchi fuqarolarimizga ham davlat budjetidan subsidiya to‘lab berilishiga ruxsat berildi. Bu o‘z navbatida fuqarolar kvartiralarini o‘zlari xohlagan dizaynda pardozlashi hamda nisbatan arzonroq sotib olishlari uchun imkon yaratadi.

Uchinchidan, 2021-yilda subsidiya xabarnomasi berilgan biroq shu kunga qadar o‘zlariga ma’qul uy-joyni topishga ulgurmagan fuqarolarimiz uchun yana bir imkoniyat yaratildi, bunda qariyb 13 mingdan ziyod fuqarolarning subsidiya xabarnomasini amal qilish muddati 2022-yil 31-dekabrga qadar uzaytirildi.

To‘rtinchidan, yana bir o‘zgarishga to‘xtalib o‘tilsa, so‘nggi yillarda fuqarolarimiz tomonidan ikkilamchi bozordan kvartira sotib olishga ko‘plab istaklar bildirilganligini inobatga olib, Davlatimiz Rahbari ko‘rsatmalariga asosan davlat budjetidan “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ ga 300 mlrd so‘mlik ssuda mablag‘lari ajratiladi. Bu o‘z navbatida ikkilamchi bozordagi uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishni istagan fuqarolarni ehtiyojlarini qondirilishiga zamin yaratadi.

Beshinchidan, fuqarolarimiz hududlarda qurilayotgan uy-joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, xususan, ularning loyihaviy yechimi, narxi, joylashuvi va boshqa ma’lumotlarni bir joyda qulay tarzda olishlari uchun respublikamizning barcha hududlarida Toshkent shahri tajribasi asosida ipoteka markazlarini tashkil etish ko‘zda tutildi. Bu markazda qurilish tashkilotlarining loyihalari, tijorat banklarining kassalari notarius va kadastr xizmatlari burchaklarini o‘z ichiga oladi. Natijada fuqarolar uy-joy sotib olishida sarsongarchiliklarga chek qo‘yiladi, ish bir joyda hal bo‘ladi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

manba:www.mineconomy.uz


conv
conv
phone