114 marta ko'rildi
Nashr etilgan 31/05/2022 - 19:28

PREZZ-RELIZ

G‘alla bozorini erkinlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bo'yicha press-reliz

G‘alla bozorini erkinlashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va ichki bozorda un va narxi baqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar

So‘nggi yillarda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligi sohasini erkinlashtirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy manfaatdorligini oshirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirildi.

Hammangizning xabaringiz bor 2019 yil oxirida boshlangan koronavirus pandemiyasining keng yoyilishi butun dunyoda aholiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsluotlarini yetkazib berishda muammolarni vujudga keltirdi. Cheklovlar sharoitida aholini asosiy iste’mol mahsuloti bo‘lgan arzon va sifatli un va non bilan kafolatli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqaruvchilar va aholiga  o‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish mexanizmi joriy qilindi.

Ushbu tartib bugungi kungacha amalda bo‘ldi va bu vaqtinchalik chora o‘z vazifasini bajarib bo‘ldi. Quyidagi holatlar mazkur tartibni saqlab qolishning maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatmoqda:

 ichki bozorni arzon un va non bilan ta’minlash maqsadida bug‘doy xarid narxlarini davlat tomonidan belgilash bozor tamoyillariga mos emas va bu bug‘doy yetishtiruvchi xo‘jaliklarning bug‘doy yetishtirishdan zarar ko‘rishlariga olib keldi;

 davlat resurslariga olingan bug‘doydan ishlab chiqarilgan un ichki bozorni to‘liq ta’minlab bermasligi sababli import un va mahalliy un narxlari o‘rtasidagi katta farq mahalliy unni yetkazib berish zanjirida korrupsiogen muhit shakllanishiga sabab bo‘ldi;

mazkur tartib joriy qilinishi fonida ko‘plab qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar yengil daromad topish yo‘liga o‘tdi, davlat resursidagi unni arzon narxlarda aholiga to‘liq yetkazmasdan, bir qismini bozorda qimmat narxda sotilmoqda. Arzon qolipli non ishlab chiqarishga mo‘ljallangan un ham non ishlab chiqarishga yetib bormasdan, bozorda sotib yuborilmoqda.

Toshkent shahrida qoplipli non arzon narxda ushlatib turilishi tufayli, uni qo‘y va mol uchun sotib olish holati ko‘payib ketdi, chunki qolipli narxi, yem uchun sotib olinadigan bug‘doydan ham arzon bo‘lib qoldi.

Xulosa qilib aytganda, davlat resurslariga olingan bug‘doyni qayta ishlashdan olingan un mahsuloti arzon narxlarda aholiga to‘liq yetib bormayapti.

Bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida joriy yildan g‘allani harid qilish jarayoniga to‘liq bozor mexanizmlarini joriy qilish nazarda tutilmoqda. Endi barcha iste’molchilar uchun teng sharoit yaratish orqali g‘alla bozori erkinlashtiriladi.

O‘tgan yili noyabr oyida tarixiy qaror qabul qilinib, unga ko‘ra, 2022 yil hosilidan boshlab g‘allani yetishtirish va harid qilish jarayoniga bozor mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berildi.

Bu islohotlarning tub mohiyatida nima yotibdi?

Yuqorida ko‘rsatilgan salbiy holatlarining oldini olish va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda respublikada don yetishtirish hajmlarini sezilarli darajada oshirish maqsadida o‘tgan xafta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

 Ushbu Qarorlarni qabul qilishning asosiy maqsadi birinchi navbatda g‘alla yetishtiruvchilarning, shu jumladan fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligini oshirish va shu asosda g‘alla hosildorligi va yalpi hosil yetishtirish hajmlarini keskin oshirishga zamin yaratishdir. Bu o‘z navbatida ichki bozorni bug‘doy va un mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashga zamin yaratadi hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi.

 Qarorda g‘alla bozorini erkinlashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Jumladan, 2022 yilda Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan

 1 783 ming tonna tovar bug‘doy davlat resursi sifatida;

 266,5 ming tonna bug‘doy urug‘lik sifatida xarid qilinadi.

Davlat resurslariga qabul qilingan bug‘doy uchun dastlabki bosqichda bug‘doy yetishtiruvchi ho‘jaliklarga bug‘doyning tonnasiga o‘rtacha 3 mln. so‘mdan to‘lab beriladi va iyul-avgust oylarida shakllangan birjadagi bug‘doy narxlaridan kelib chiqib, ushbu bug‘doy uchun sentyabr oyida qayta hisob-kitob qilinadi.

Misol uchun iyul-avgust oylarida bug‘doyning o‘rtacha birja narxi tonnasiga 3,7 mln. so‘m bo‘ladigan bo‘lsa, bug‘doy yetishtiruvchilarga yana tonnasiga 700 ming so‘mdan to‘lab beriladi.

 Bundan tashqari 500 ming tonna bug‘doy g‘alla yetishtiruvchilar tomonidan iyul, avgust va sentyabr oylarida birja savdolarida sotish uchun don korxonalariga qabul qilinadi. Bu bug‘doyni fermerlar o‘zi birjada o‘zi sotadi va to‘liq bozor narxida bug‘doy pulini oladi. 500 ming tonnaning don korxonalariga tashish va saqlash xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.

G‘alla yetishtiruvchilar tomonidan birjada sotiladigan 500 ming tonna bug‘doy va davlat resurslariga xarid qilingan bug‘doy birja savdolarida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, xarid qilingan bug‘doyning 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi un mahsulotini sotish majburiyatini olgan barcha un ishlab chiqaruvchi korxonalarga sotiladi.

Bundan tashqari un ishlab chiqarishga mos kelmagan 4 va 5 sinf bug‘doy birja savdolarida hech qanday cheklovlarsiz barcha iste’molchilarga sotiladi.

Har birimiz o‘zimizga savol berib ko‘rishimiz lozim, nima uchun shuncha o‘tgan vaqt davomida fermerlar yerga investitsiya qiritmagan, nima uchun ular doim yo bankdan yo davlatdan qarz bo‘lgan, nima uchun yerning unumdorligini oshirishga, sho‘rlanishini kamaytirishga harakat qilmagan. Buning bitta sababi – ularda moddiy manfaatdorlik yo‘q edi.

Joriy yildan bir g‘alla bozorini erkinlashtirayapmiz. Bu fermerlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Fermer boy bo‘lsa, xalq boy bo‘ladi.

Respublikamiz mehnatga layoqatli aholining 44 foiz qismi qishloq xo‘jaligida faoliyat olib borishini inobatga oladigan bo‘lsak, fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligi oshishi mazkur tarmoqda faoliyat yuritayotgan aholining moddiy manfaatdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubxasiz.

Bug‘doy narxining erkinlashtirilishi ichki bozordagi narxlar darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Hozir sizlar bilan oddiy statistik ma’lumotlarga tayangan holda ushbu masalani tahlil qilib ko‘ramiz.

O‘zbekistonda aholi va korxonalarning un mahsulotiga bo‘lgan yillik talabi o‘rtacha 3 mln.tonnani tashkil etadi, shundan aholi ehtiyoji taxminan 2,4 mln.tonna.

2021 yilda respublikamizda 3,5 mln.tonna un mahsuloti ishlab chiqarilgan, ya’ni bu degani un ishlab chiqarish bo‘yicha respublika ehtiyoji ichki ishlab chiqarish hisobidan ta’minlanadi.

Endi keyingi masala g‘alla bozorining erkinlashtirilishi un narxiga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi?

Shuni alohida qayd etish lozimki bir yilda davlat resurslariga harid qilingan bug‘doy hisobidan ishlab chiqarilgan unning 1,0 mln.tonna qismi markazlashgan holda yetkazib berilsa, ya’ni bu jami resublika ehtiyojining taxminan 30 foizini tashkil etadi. Bozorning qolgan 70 foizida narxlar erkin bozor tamoyillari asosida shakllanadi, ya’ni hozir ham bozordagi un narxining asosiy qismi talab va taklif asosida shakllangan narx hisobalandi.

Shuning uchun, g‘alla narxining erkinlashtirilishi un narxining oshishiga olib kelmaydi. Chunki bozor va do‘konlarda un va un mahsulotlarida bozor narxlarida sotilmoqda.

So‘nggi tahlillar shun ko‘rstmoqdaki, un narxining oshishi bu global masshtabga ega bo‘lib, butun dunyoda bug‘doy va un narxining oshishi kuzatilmoqda.

May oyida dunyo birjalarida bug‘doy narxlari dinamikasida bug‘doyning bir tonnasi narxi 400-458 AQSh dollarini (oldingi haftada-395-451 AQSh dollari) tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga (272-290 doll.) nisbatan 47-58 foizgacha oshgan.

1-rasm. Jahon bozorida bug‘doy narxining o‘zgarish dinamikasi

Xorijiy davlatlar tomonidan un eksportiga joriy etilgan cheklovlar va importyor davlatlarning talab bosimi fonida bugungi kunda, Sariag‘ash temiryo‘l stansiyasida bir tonna 3-sinf bug‘doyning narxi 396-410 dollar (o‘rtacha 400 dollar, QQS qiymatisiz) doirasida tashkil etmoqda yoki mart oyi boshidagi (300 AQSh dollari/tonna) narxlarga nisbatan 33 foizga o‘sish kuzatilgan.

Shuningdek, yoqilg‘i moylash mahsulotlari narxlarining keskin oshishi ham narxlar o‘sishining asosiy omili hisoblanmoqda. Rossiyaga nisbatan kiritilgan iqtisodiy sanksiyalar fonida jahon bozorida neft narxining ham ko‘tarilishi sodir bo‘lmoqda.

Bu o‘z navbatida transport harajatlarining ortishiga va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, jahon bozorida mineral o‘g‘itlar taklifidagi uzilishlar tufayli, ularning narxining oshishi oziq-ovqat mahsulotlari tannarxinig oshishiga olib kelmoqda.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston ham xalqaro hamjamiyatning ajralmas bir qismi bo‘lgani hamda integratsion jarayonlarning chuqurlashuvi sharoitida xalqaro bozorlarda kuzatilayotgan salbiy tendensiyalar ichki bozorda ham narxlarga salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Lekin mazkur salbiy kutilmalarning oldini olish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Shuning uchun, agar un narxi oshgan taqdirda ham ushbu o‘sish ichki omillar hisobiga emas, faqat tashqi bozordagi o‘zgarishlarga bog‘liq ravishda sodir bo‘lishi mumkin.

Narx o‘sishi qachongacha oshadi degan savolga xalqaro bozorlardagi hozirgi noaniqliklar sharoitida javob berish juda qiyin. Lekin, xalqimiz xotirjam bo‘lishi mumkinki, respublikamizda un va non narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rib boriladi.

Ichki bozorda un va non taqchilligi vujudga kelishi mumkinmi?

Joriy yilda respublikamizda 7,5 mln.tonnadan ortiq bug‘doy yetishtirilishi kutilmoqda. Ushbu ko‘rstakich o‘tgan yilga nisbatan

1,5 mln.tonnaga ko‘proqni tashkil etadi.

Umuman olganda, respublikaning bug‘doyga bo‘lgan yillik talabi 8,5 mln.tonnani tashkil etib, ushbu ehtiyojning 80-85 foizi ichki resurslar hisobidan qoplanadi.

Shuning uchun xalqimiz xotirjam bo‘lishi kerakki, bizda un va bug‘doy zaxiralari yetarlicha shakllangan va zarur hollarda davlat tomonidan bug‘doy qo‘shimcha ichki bozorga yo‘naltiriladi.

Hozirda barcha Hukumat va mahalliy xokimiyat organlari tomonidan ichki bozorda, xususan shahar va tumanlarning har bir savdo do‘konida un va non mahsulotlarining doimiy mavjud bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha doimiy monitoring o‘rnatilgan.

G‘alla bozori erkinlashtirilishi sharoitida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari qanday qo‘lla-quvvatlanadi?

Bizning iqtisodiy rivojlanish modelimiz ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan model bo‘lganligi sababli mazkur jarayonda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish bo‘yicha aniq vositalar va mexanizmlar ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi PQ-258-sonli qaroriga asosan, yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a’zosiga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 300 ming so‘mdan, Toshkent shahrida – 400 ming so‘mdan.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga – 200 ming so‘mdan to‘lab beriladi.

“Temir daftar”ga kiritilgan hamda bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalar ro‘yxati shakllantirilib, ushbu oilalarning har bir a’zosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatiladi.

Shuningdek, ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi va boshqa manbalar hisobidan bepul un tarqatishni yoki naqd pul ko‘rinishida moddiy yordam ko‘rsatib borish ta’minlanadi.

Bunda, 2022 yil davomida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hokim yordamchilari bilan birgalikda har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida ehtiyojmand oilalarning ahvolini muntazam ravishda o‘rganib boradi.

manba:mineconomy.uz


conv
conv
phone