75 marta ko'rildi
Nashr etilgan 10/11/2021 - 12:48

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning 17-avgustidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3225-sonli Qarori asosida tashkil qilingan.

Jamg‘arma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmon va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi 77-sonli Qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risida Nizom”iga asosan amalga oshiradi.

Jamg‘arma ikki turdagi (kafillik hamda foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya) moliyaviy yordam ko‘rsatadi.

Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha, lekin 8 mlrd.so‘mdan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi.

Jamg‘arma tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga 10 mlrd. so‘mgacha ajratiladigan kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya tarzida qoplab beradi.

Xorijiy valyutadagi ajratiladigan kreditlar uchun ekvivalenti 10 mlrd. so‘mdan oshmaydigan, tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi.

Jamg‘arma faoliyati moliyaviy yordamning turli mezonlarini belgilovchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13 ta Farmoni va 35 ta qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 4 ta qarorlari bilan tartibga solinib kelinmoqda.

Mazkur hujjatlarning 8 tasida normativ hujjat chiqgunga qadar ajratilgan kreditlarga ham moliyaviy ko‘maklashish (eksportyor korxonalarga, tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga, turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, mehnat migratsiyasi bo‘yicha va hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir) bo‘lgan miqdorlarda belgilangan.

Shuningdek, 11 ta hujjatda kredit foiz stavkasining 50 foizi2 tasida Markaziy bank asosiy stavkasida beriladigan kreditlarning 50 foizigacha11 tasida 10 foizgacha miqdorlarda kompensatsiya berish belgilangan.

            Jamg‘arma tomonidan joriy yilning 1-iyul holatiga tadbirkorlik subyektlarini 38 161 ta loyihalarining 58 757 mlrd.so‘mlik kreditlariga 12 384,9 mlrd.so‘m miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatilgan.

            Shundan, 28 157 ta loyihalarining 39 322,1 mlrd. so‘mlik kreditlariga 4 849,7 mlrd.so‘m miqdorida foiz to‘lovlarini bir qismini kompensatsiya qilish majburiyati olindi hamda 9 955 ta loyihaning 19 409,8 mlrd.so‘mlik kreditlariga 7 501,8 mlrd.so‘m miqdorida kafillik berildi.

            Bundan tashqari 49 ta loyihaga 33,4 mlrd.so‘m kredit resurslari ajratildi. Buning natijasida, 287 258 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Kompensatsiya beg‘araz taqdim etiladi;

Kafillik uchun kafillik summasining 1% miqdorida bir martalik to‘lov to‘lanadi (eksportyorlar uchun 0,5% miqdorida);

2020-yil 1-iyundan boshlab “Tadbirkor” axborot tizimi (www.tadbirkor.statefund.uz) dasturi ishga tushirildi. Barcha buyurtmalar elektron shaklda ko‘rib chiqilmoqda.

Jamg‘arma tomonidan pandemiya davrida tadbirkorlik subyektlarining 24 373,6 mlrd.so‘mlik kreditlari (15 390 ta loyiha) bo‘yicha 5 089,7 mlrd.so‘m miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatildi.

        Shundan 16 997,1 mlrd.so‘mlik kreditlari (11 470 ta loyiha) bo‘yicha 2 032,1 mlrd.so‘m miqdorida foiz to‘lovlarini bir qismini kompensatsiya qilish majburiyati olindi hamda 7 376,5 mlrd.so‘mlik kreditlari (3 920 ta loyiha) bo‘yicha 3 057,5 mlrd.so‘m miqdorida kafillik berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli Farmoniga asosan bir qarz oluvchiga Jamg‘arma tomonidan bir vaqtda ham kafillik, ham kompensatsiya berishga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi va bugungi kunda tadbirkorlik subyektlari bitta loyiha bo‘yicha bir paytning o‘zida kafillik va kompensatsiya olishi mumkin.

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 21-aprelidagi “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5087-sonli qarori bilan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida, Jamg‘arma tomonidan 2021-yil 1-maydan boshlab, tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi qo‘shimcha choralari joriy etildi. Jumladan:

- Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kichik tadbirkorlik subyektlariga milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya, uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda, taqdim etilishi belgilandi;

- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan ortiq bo‘lmagan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik berilishi ko‘zda tutildi;

- Tadbirkorlik subyektlariga bank kreditlari bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklar kredit shartnomalari sonidan qat’iy nazar beriladigan bo‘ldi.

        Bunda, kompensatsiyalar taqdim etilayotgan kreditlarning umumiy summasi 10 mlrd so‘mdan, kafilliklarning umumiy summasi esa 8 mlrd so‘mdan, biroq umumiy kredit summasining 50 foizidan oshmasligi lozimligi belgilandi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

manba:Mineconomy.uz


conv
conv
phone