38 marta ko'rildi
Nashr etilgan 25/11/2021 - 11:47

Ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

Joriy yilning 1-21 noyabr kunlari Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan “Toshkent qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ (Qo‘yliq) va Eski jo‘va (Chorsu) dehqon bozorlarida asosiy iste’mol tovarlarining ulgurji narxlari bo‘yicha kuzatuv natijalari e’lon qilinib borildi.

Ushbu davr mobaynida bozorda sariq sabzi 1 500 so‘mga, qizil sabzi 1 000 so‘mga, import va mahalliy olma 2 000 so‘mga, lavlagi 1 000 so‘mga, bodring 500 so‘mga, nok 2 500 so‘mga kivi 20 000 so‘mga, guruch 1 000 so‘mga va limon 2 500 so‘mga arzonlagan.

Shu bilan birga, kartoshka 575 so‘mga, piyoz 150 so‘mga, karam 350 so‘mga, sarimsoq piyoz 5 500 so‘mga, pomidor 2 250 so‘mga, baqlajon 250 so‘mga va qovun 3 500 so‘mga oshgan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-21-noyabr kunlari hududlardan jami 14,5 ming tonna, xususan, 8,7 ming tonna kartoshka4,2 ming tonna piyoz543 tonna karam va 1,0 ming tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 1 506 tonna kartoshka1 018 tonna piyoz543 tonna karam401 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 764 tonna kartoshka150 tonna sabzi, Jizzax viloyatidan 3,0 ming tonna piyoz va 22 tonna sabzi, Qashqadaryo viloyatidan 260 tonna, Farg‘ona viloyatidan 74 tonna, Andijon viloyatidan 27 tonna, Buxoro viloyatidan 6 tonna va Sirdaryo viloyatidan 192 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 2 630 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 333 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 1 398 tonna va Eron davlatidan 2 091 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-21-noyabr kunlari jami 220,0 tonna, shu jumladan 191,1 tonna mol go‘shti va 28,9 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

manba:Mineconomy.uz


conv
conv
phone