104 marta ko'rildi
Nashr etilgan 30/07/2021 - 16:23

Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari bilan videokonferensiya orqali uchrashuv

Joriy yilning 27-iyul sanasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari o‘rtasida videokonferensiya orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bosh iqtisodchisi Amanda Sayegx, davlat moliyasini boshqarish bo‘yicha eksperti Avril Halstid. davlat xususiy sherikchilik, davlat investitsiyalari va davlat xaridlarini boshqarish bo‘yicha ekspert Martin Dersi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining  mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar davlat korxonalari, xususan, ushbu korxonalarni isloh qilishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining o‘rni, energetika, suv ta'minoti, transport kabi muhim infratuzilma sohalarida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan islohotlar, transformatsiya jarayoni, xususiylashtirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar kabi qator masalalarda fikr almashdilar.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirgan holda islohotlarning samarasiga yuqori baho berdilar.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar kelgusi jarayonlarda muhokama qilingan sohalar yuzasidan hamkorlikni kuchaytirish borasida kelishib oldilar.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

manba:Mineconomy.uz

 


conv
conv
phone