Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Hotambek Shokirov rahbarligida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Shayxontohur tumani Koxota ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro onkologik kasallikka chalingan bo‘lib, unga zarur dorilarni olishga ehtiyoji bor. Shu bilan birga murojaatchi o‘zi yashaydigan uy yonida bunyod etilayotgan qurilmaning qonuniyligini ko‘rib chiqish, qish paytida xonadonida issiqlik me'yorda bo‘lmasligidan arz qildi. Fuqaroning ta'kidlashicha, u “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, unga tuman hokimligi tomonidan yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Lekin yolg‘iz o‘zi istiqomat qilayotganligi, qarovchisi yo‘qligi bois, yordam muhtoj.
Fuqaro tomonidan bildirilgan barcha masalalarda unga yordam ko‘rsatish, xususan, dorilarni xarid qilish uchun mablag‘ ajratish, uyi yonida qurilayotgan binoning qonuniyligini o‘rganish yuzasidan tegishli tashkilotlar mas'ullariga ko‘rsatmalar berildi.
Shayxontohur tumani Olim Xo‘jayev mahallasi Xumdonsoy ko‘chasida yashaydigan fuqaro ham qator masalalarda murojaat qildi. Onaxon ruhiy kasal bo‘lgan II-guruh nogironi bo‘lgan qizi bilan istiqomat qilishi, qarovchisi yo‘qligi sababli ayrim masalalarda yordamga muhtojligini bildirdi. Onaxonning muammosini tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda o‘rganib chiqiladi.
Shuningdek, fuqarolar qabulida Yashnabod tumani “Aviasozlar-4” mavzesidashi fuqaro hamda “TOP LAMINATE” mas'uliyati cheklangan jamiyati mas'ulining murojaatlarini ham batafsil o‘rganish yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.
manba:Tashkent.uz