1623 marta ko'rildi
Nashr etilgan 26/01/2019 - 20:38

“KARYERA KUNI” BITIRUVCHILAR BANDLIGINI TA'MINLASHGA XIZMAT QILDI.

2019 yil 26 yanvar kuni  Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yosh mutaxassislarning bandligini ta'minlash maqsadida “Karyera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent shahar Iqtisodiyot va  kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i N.Ismailov qatnashdi. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad kadrlarga buyurtma bergan ish beruvchi korxona, tashkilotlar bilan bakalavriat hamda magistratura bosqichlari bitiruvchilari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mamlakatimizda zamonaviy mehnat bozorini rivojlantirish, yangi ish joylarini barpo etish, yosh mutaxassislarni ish bilan ta'minlash, kadrlar tanlashning zamonaviy vositalarini tatbiq etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Mamlakatimizda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ta'lim va fan sohasini rivojlantirish, uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirishda muhim hujjat hisoblanadi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Iqtisodiyot, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari hamda Davlat bojxona qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati, Markaziy bank, tijorat banklari, shuningdek, mulkchilikning turli shakllaridagi kompaniya va firma bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.


conv
conv
phone