421 marta ko'rildi
Nashr etilgan 30/04/2021 - 13:21

Respublika tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi yarmarkasi

Joriy yilning 22-24-aprel kunlari Navoiy viloyatida o‘tkazilgan yirik tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi yarmarkasida iqtisodiyotning 60 ta yirik tarmoq korxonlari bilan bir qatorda sanoatning turli sohalarida faoliyat yurituvchi 600 dan ziyod xususiy tadbirkorlik sub'yektlari 2000 dan ziyod mahsulotlarining taqdimoti bilan ishtirok etdilar. Yarmarka doirasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali orqali umumiy qiymati 421 mlrd. so‘mdan dan ortiqroq bolgan 1336 ta o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Tadbirning birinchi kuni ishtirokchilar Navoiy viloyatidagi yirik sanoat korxonalari – “Navoiyazot” AJ, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi, “Gidro stanko servis” MCHJ faoliyati, shuningdek, hududning turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Navbahor tumanidagi “Sarmishsoy” turistik bazasi, qadimiy qoyatosh rasmlari, Nurotadagi “Chashma” ziyoratgohida bo‘lishdi.

Taqdimotda ta'kidlandiki, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bugungi kunda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda kooperatsiya aloqalar bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallab kelayapti. Xususan, 2020 yilda korxonada umumiy qiymati 352,3 milliard so‘m bo‘lgan mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilgani, kombinat tarmoqlararo kooperatsiya doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 3,5 trillion so‘mlik mahsulot xarid qilingani buning tasdig‘idir. 2021 yilda ham kombinatda bu ishlar izchil davom ettirilib, 154 ta loyiha bo‘yicha 432,9 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot, shu jumladan, 82,0 milliard so‘mlik 71 ta yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, joriy yilda sanoat kooperatsiya doirasida 3,8 trillion so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar xarid qiliish ko‘zda tutilgan.

Ko‘rgazmada namoyish etilib, import qilinayotgan mahsulotlar namunalarini tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan o‘zlashtirish bo‘yicha B2B shaklida muzokaralar olib borish va hamkorlik bitimlari tuzish jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali mutaxassislari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ta'kidlash joizki pandemiya tufayli jahonda ishlab chiqarish xajmlarining keskin pasayishi natijasida barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning oqsashiga olib keldi. Ushbu murakkab bir davrda mahalliy sanoat korxonalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash iqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim omili xisoblanadi. Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, Elektron kooperatsiya portali markazi elektron tijoratda innovasion texnologiyalarni joriy qilish orqali ishlab chiqaruvchilar uchun mahsulotlarini onlayn namoyish qilish, buyurtmachi va yetkazib beruvchi o‘rtasida masofadan turib shartnoma qilish va tezkor moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratdi.

Mazkur tadbirlarning barchasi albatta hududlar, tarmoq korxonalari va kichik tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlanishiga ko‘mak beradi va kelgusida mustaxkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda, portalda jami 72 413 ta korxonalar qamrab olingan, savdo qilinayotgan mahsulotlar soni esa 171 618 ta yetgan. O‘tgan 2020 yilda umumiy qiymati 5 375,7 mlrd. so‘mlik 39 996 ta o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

 

manba:Mineconomy.uz


conv
conv
phone