52 marta ko'rildi
Nashr etilgan 17/11/2021 - 17:25

MUQADDAS VATAN BAYROG‘I

     “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari O‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun. Bayrog‘imiz xalqimizning iftixor timsoliga aylanganiga 30 yil to‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi. Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat bor va albatta har bir davlatning o‘z ramzlari, bayrog‘i ham mavjud. Har bir bayroq o‘z rangi va timsollariga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrog‘imiz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni ko‘rsatib turadi.  Shu munosabat bilan Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xodimlari ishtirokida  “Vatanimiz bayrog‘i biz uchun muqaddasdir” mavzusida ma’rifat soati tashkil etildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruv akademiyasi dotsenti Mansur Abdullaevich Yunusovning ma’ruzasi tinglandi. Millat bayrog‘i. U jondek aziz, nondek mo‘tabar. Buyuk sohibqiron Amir Temur g‘oliblik bayrog‘ini yuksak ko‘tardi. Bu bayroq ostida buyuk el birlashdi, u barpo etgan ulug‘ saltanatni dunyo tan oldi. Bu davr vatan tarixiga zarhal harflar bilan bitildi. Bayroq esa tom ma’noda mamlakat ramzi, ulug‘vorlik timsoliga aylanganligi e’tirof etildi.

 


conv
conv
phone