49 marta ko'rildi
Nashr etilgan 05/07/2021 - 20:30

Onlayn seminar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi vakillari hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakillari bilan birgalikda Adliya vazirligida davlat organlari va tashkilotlarining mas'ul xodimlari uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish ta'sirini baholashdan o‘tkazishning mohiyati va tartibini tushuntirish maqsadida “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (“ex-ante”) baholash usuli, hisobot va xulosa tayyorlashning o‘ziga xos xususiyati” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.


Mazkur seminarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish va raqobat muhitiga ta'sirini baholash boshqarmasi xodimlari “Tartibga solish ta'sirini baholash sohasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot hamda mazkur sohada tegishli foyda va xarajatlarning to‘g‘ri tahlil qilinishi borasidagi amaliyoti” masalalariga bag‘ishlangan ma'ruza bilan ishtirok etdilar.

 

Xususan, ma'ruza doirasida Boshqarma yil boshidan hozirgacha jami 773 ta hujjat loyihalarini ko‘rib chiqib, ular yuzasidan tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi normalarni bartaraf etish yuzasidan takliflar berganligi, bunda, ularning 372 tasi aprel - may oyiga to‘g‘ri kelib, shundan 82 tasi bo‘yicha tartibga solish ta'sirini baholashdan o‘tkazish lozimligi yuzasidan xulosalar taqdim etilganligi ta'kidlandi.


Shuningdek, ma'ruza davomida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi vakillari vazirlikka kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish ta'sirini baholashdan o‘tkazishda amalga oshirilgan tahlillar va o‘rganishlar yakuni bo‘yicha foyda va xarajatlarni hisoblashning aniq shakllantirilgan ma'lumotlari asosida normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik sub'yektlariga ta'sirini baholash amaliyotlari yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi.

 

Ushbu seminarda tegishli vazirlik va idoralarning mazkur sohaga mas'ul ijrochi hisoblangan jami 117 taga yaqin tinglovchilar ishtirok etishdi.

Seminar so‘ngida, ushbu tadbir qatnashchilari tomonidan tartibga solish ta'sirini baholash sohasida berilgan savollariga tegishli taklif va mulohazalar bildirildi hamda bu yo‘nalishdagi seminar hamda davra suhbatlari doimiy tarzda tashkillashtrish borilishiga kelishildi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati

 

manba:Mineconomy.uz

 


conv
conv
phone